Amerika yetakçisining sözlariga köra, boşqa sohalar bilan qiyoslaganda internet naşri yönalişiga qiziqadigan odamlar köproq.

«Sizningça, nafaqaga çiqqanimdan keyin qayerga boraman? Menda kontaktlar bor... Iş izlayotganim uçun ham sizlarni Oq uyga çaqirdim», — deb hazillaşdi Bayden.

Iyul oyi oxirida 81 yoşli Bayden 2024 yil noyabrida bölib ötadigan prezidentlik saylovlaridan nomzodini qaytarib olgandi. Demokratlar yangi nomzod sifatida amaldagi vitse-prezident Kamala Harrisni tanladi.

Jo Bayden prezidentlik poygasidan çiqiş töğrisidagi qaroridan keyingi ilk intervyusida Demokratik partiya özining asosiy vazifasini bajarişiga xalal bermaslik uçun saylovdan nomzodini olişga qaror qilganini aytgandi. Uning fikriça, bu vazifa — Donald Trampni yengiş va AQŞda demokratiyani saqlab qoliş hisoblanadi.

Öz navbatida Tramp yaqinda Ilon Mask uçun bergan intervyusida «Baydenda 30 yil avval IQ darajasi juda past bölgani, hozir umuman yöq bölişi mumkinligini» aytdi. Sobiq prezident Baydenning taşqi siyosatini ham qattiq tanqid qilib, buni «söligan siyosat» deb atadi.

Suhbat davomida Tramp Kamala Harrisni «uçinçi darajali», «qobiliyatsiz» va «söl radikal» deb atadi. Tramp uning Bayden örniga Demokratik partiyadan nomzod bölişini «töntariş» deb baholagan.