Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Afrikada mpox virusi (avvalgi maymunçeçak) tarqalişi böyiça yana eng yuqori ogohlantiriş darajasini e’lon qildi. JSST favqulodda qömitasi yangi mpox epidemiyasini «soğliqni saqlaş uçun xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat» deb hisoblaydi, dedi JSST boş direktori Tedros Adhanom Gebreyyesus 14 avgust, çorşanba kuni Jyenevada bölib ötgan matbuot anjumanida. 

Uning sözlariga köra, ilgari mpox tarqalişi qayd etilmagan Burundi, Keniya, Ruanda va Ugandada virusning 1b varianti bilan kasallanişning 90 ta holati aniqlangan, bu kasallik yanada oğir keçişi bilan ajralib turadi va oldingi variantga qaraganda köproq ölimga olib keladi. Kongo Demokratik Respublikasida allaqaçon 14 mingdan ortiq odam uni yuqtirgan, 524 kişi vafot etgan. 

Joriy yilda Afrikaning 13 davlatida jami 17 mingta mpox infeksiyasi holati qayd etilgan, bu 2023 yilning şu davriga nisbatan 160 foizga köpdir, deb yozadi Reuters. 

Virusning yuqişi va kasallik belgilari

Virusning odamdan odamga yuqişi yaqin aloqada röy berişi mumkin. Kasallikning asosiy belgilari yuqori harorat, toşma, yalliğlangan limfa tugunçalari, muşaklarning oğriği va zaiflikdir. Odatda, inson tanasi ikki-tört hafta içida virus bilan kuraşadi, ammo kamdan-kam hollarda ölim röy berişi mumkin. 

2022 yilning yozida JSST maymunçeçak epidemiyasini «soğliqni saqlaş uçun xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat» deb e’lon qildi. Öşa paytda dunyoning 75 mamlakati va hududida 2b virusi variantini yuqtiriş holatlari soni 16 mingdan oşdi va infeksiyalarning aksariyati Yevropa va Amerikada aniqlangan. Favqulodda holat 2023 yil may oyida bekor qilingan.  

2022 yil noyabr oyida JSST virus nomini irqçilik va qoralovçi til tufayli mpox (monkeypox - “maymunçeçak”dan) deb özgartirdi. Global favqulodda vaziyat kasallikning oldini oliş uçun qonuniy majburiy çoralarni talab qiladi.