Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko «norozilik xarakteridagi jinoyatlari» uçun sudlangan 30 nafar mahbusni afv etiş töğrisidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Telegram’dagi «Pul pervogo» kanali xabar berdi.

Afv etilganlar orasida 14 ayol va 16 nafar erkak bor. Ularning ayrimlari jiddiy kasal ekani, şuningdek, pensiya yoşidagi qariyalar ham borligi aytildi.

Lukaşenko matbuot xizmatiga boğliq kanal ma’lumotlariga köra, ularning barçasi aybiga iqror bölgan. Afv etilganlarning ismlari hozirça oşkor etilmadi.

Iyul oxirlarida Lukaşenko 14 mahbusni afv etgandi, ular orasida 2020 yilgi namoyişlarda qölga olingan şaxslar ham bor. Şu bilan birga, Lukaşenko Minsk yaqinidagi temiryöl stansiyasidagi portlaş işi böyiça ölimga hukm qilingan Germaniya fuqarosi Riko Krigerni afv etiş böyiça qaror qabul qilgandi.

30 iyul kuni Kriger Aleksandr Lukaşenkoga murojaat yöllab, undan özini afv etişini söragan. «BelTA» agentligining yozişiça, şu munosabat bilan Lukaşenko Kriger işi böyiça «jarayonga aloqador odamlarni suhbatga taklif qilgan».

Kriger 2023 yil 6 oktabr kuni Belarus hududida qölga olingan. Tergovçilarning versiyasiga köra, Kriger ötgan yilning sentabrida Ukraina tomonida jang qilayotgan «Kalinovskiy polki»ga qöşilmoqçi bölgan. Mamlakatda ekstremistik tuzilma deb topilgan guruh öz navbatida Krigerning polk faoliyatiga aloqasi yöqligini ma’lum qilgan.