Qozoğiston TIV ma’lumotiga köra, uçraşuv çoğida vazir ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli sönggi yillarda Qozoğiston-Özbekiston munosabatlari strategik şeriklik va ittifoqçilik darajasiga kötarilganini alohida ta’kidladi.

Qozoğiston Prezidentining farmoniga muvofiq, vazir amalga oşirilgan ulkan işlar va elçining ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaşga qöşgan katta hissasi uçun Saidikrom Niyozxöjayevni oliy davlat mukofoti – II darajali "Dostyq" ordeni bilan taqdirladi va uning kelajakdagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

Saidikrom Niyozxöjayev 2018 yilning mart oyida Özbekistonning Qozoğistondagi elçisi etib tayinlangan edi. Bunga qadar u Özbekiston prezidenti administratsiyasi va turli davlat organlarida mas’ul lavozimlarda, jumladan, davlat maslahatçisi örinbosari, iqtisodiyot vaziri örinbosari lavozimlarida işlagan. 

Şuningdek, Saidikrom Niyozxöjayev 2015-2018 yillarda Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari lavozimida ham faoliyat olib borgan.