Polşa hukumati 2022 yil sentabrida Boltiq dengizi tubida «Şimoliy oqim» va «Şimoliy oqim-2» gaz quvurlari portlaşiga aloqadorligini rad etdi. «Polşaning heç narsaga aloqasi yöq, bu yolğondir», dedi Polşa boş vaziri örinbosari va raqamli texnologiyalar vaziri Kşiştof Gavkovskiy 16 avgust, juma kuni Polsat News naşriga bergan intervyusida. Avvalroq Germaniya Federal razvedka xizmati (BND) sobiq rahbari August Xanning Ukraina-Polşa özaro til biriktirgani haqida bayonot bergandi.
15 avgust kuni Germaniyaning Welt TV telekanaliga bergan intervyusida Xanning «Polşa idoralari» hamda Ukraina va Polşa hukumatlarini gaz quvurini buziş operatsiyasida bevosita iştirok etişda aybladi. «Bu yerda Polşa idoralari iştirok etgani aniq - va menimça, bu şunçaki bölimlar emas, bu Ukraina va Polşadagi hokimiyatning eng yuqori böğini örtasidagi kelişuv edi», dedi BND sobiq rahbari. Uning fikriça, Germaniya hukumati Kiyev va Varşavadan «davlat terrorizmi» işi uçun tovon talab qilişi kerak.
Xanningning sözlariga köra, hujumni «Ukraina jamoasi» amalga oşirgan, ammo bu faqat «Polşaning kuçli logistik yordami bilan» mumkin bölgan. Germaniya razvedkasi sobiq rahbari «bu eng yuqori siyosiy darajada qabul qilingan qarorlar», deb hisoblaydi. «Prezident Zelenskiy va prezident Duda örtasida uşbu hujumni amalga oşiriş böyiça kelişuvlar bölganiga işonaman», dedi Xanning va Varşava hukumatini «tergov muvaffaqiyatidan aniq manfaatdor emaslikda» aybladi.
Gavkovskiy: «Bu Rossiyaning dezinformatsiyasi»
Kşiştof Gavkovskiy bu ayblovlarni qat’iyan rad etdi. «Menimça, bu nemis siyosatçilari yoki Germaniyadagi davlat boşqaruvi a’zolarining sözlari orqali yetkazilgan Rossiya dezinformatsiyasining aks-sadosi», - dedi u. Gavkovskiy sözlariga köra, u «Polşaning «Şimoliy oqim»dagi diversiyalarga aloqadorligi haqida heç qanday dalil yöqligiga işonçi komil».
Polşa boş vaziri örinbosari qöşimça qilişiça, sözlari taxmin emas, balki haqiqat va Polşa diversiyalarda iştirok etganlik ayblovlarini qabul qilmaydi.
WSJ Zalujniyning portlaşlarga aloqadorligi haqida xabar berdi
WSJ manbalariga köra, «Şimoliy oqim» va «Şimoliy oqim-2» gaz quvurlarini portlatiş operatsiyasida hal qiluvçi rolni Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) sobiq boş qömondoni Valeriy Zalujniy öynagan.
Naşrning 14 avgustdagi materialida aytilişiça, operatsiya ğoyasi 2022 yil may oyida uni moliyalaştirgan Ukraina yuqori martabali harbiy ofitserlari va biznesmenlari örtasida bölib ötgan uçraşuvda tuğilgan. Uni bevosita Zalujniyga böysungan ismi oşkor etilmagan general boşqargan va portlaşni oddiy ijaraga olingan yaxtada olti nafar harbiy va fuqarolik ğavvoslaridan iborat guruh amalga oşirgan.








