Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimi kaltaklangani aks etgan videolavha tarqaldi. Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, holat 19 avgust soat 2:00 larda Bektemir tumanidagi bozor hududida sodir bölgan. Tungi xizmatga jalb qilingan Bektemir tumani IIO FMB PPX inspektori, safdor J.R. Captiva maşinasi töxtab turiş taqiqlangan joyga qöyilgani holatini aniqlagan.

Boşqa transport vositalarining erkin harakatlanişiga xalaqit bergani sababli inspektor Captiva egasini çaqirtirib, maşinasini olib qöyişini söragan. Biroq 1990 yilda tuğilgan Ş.A. IIO xodimining qonuniy talabini bajarmasdan, unga faol qarşilik körsatgan hamda inspektorni urib, tan jarohati yetkazgan.

Qöşimça qilinişiça, holat yuzasidan Bektemir tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda. Tekşiruv yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi.