Safar davomida Özbekiston delegatsiyasi a’zolari Ispaniyaning El Corte Inglés, Tendam, Gedepsa va ACIR Southern Europe kompaniyalari vakillari bilan uçraşuvlar ötkazişdi. Bölib ötgan muloqotlar çoğida ispan tomoni Özbekiston töqimaçilik sanoatida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, mahalliy işlab çiqaruvçilarning eksport salohiyati bilan taniştirildi.
Gedepsa kompaniyasi boş direktori Alexandro Pastrana bilan keçgan uçraşuvda özbek mahsulotlarini Ispaniya bozoriga eksportini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar natijasida Madridda Özbekiston töqimaçilik mahsulotlari namoyiş etiladigan savdo uyini taşkil etiş, şuningdek, Ispaniya bozorida mamlakatda işlab çiqarilgan töqimaçilik mahsulotlarini ommalaştiriş böyiça loyihalarni işlab çiqiş töğrisida kelişuvga erişildi.
Xalqaro maslahatçi Albert Ernandes bilan bölib ötgan muzokaralar çoğida Özbekiston mahsulotlarini Ispaniya bozorlariga kiritiş strategiyalari, logistika va tarqatiş masalalari xususida fikr almaşildi. "Ispan moda kompaniyalari bilan aloqalarni yölga qöyiş va özbekistonlik işlab çiqaruvçilarning Ispaniya tenderlarida iştirok etişini qöllab-quvvatlaş böyiça zarur yordam körsatişga tayyorman", – dedi u.
Özbekiston delegatsiyasi a’zolarining El Corte Inglés va Tendam kompaniyalari global xaridlar departamenti vakillari bilan muzokaralari çoğida esa özbek töqimaçilik mahsulotlarini har ikki kompaniyaning çakana savdo tarmoqlariga joylaştiriş imkoniyatlari körib çiqildi.








