Trampning Oq uyga qaytiş istagini bir qator badavlat amerikaliklar qöllab-quvvatlamoqda. Ular Trampning saylovoldi kampaniyasiga mablağni ayamoqçi emas.
Foto: Getty imagesFoto: Getty images
Bugungi kunda Trampning eng yirik homiylari bölgan 26 nafar milliarder (umumiy hisobda qariyb 143 milliard dollarga egalik qiladi) saylovoldi kampaniyasiga 162 million dollar ajratdi.
“Bizga yirik biznesdan çöntagini qappaytirişni öylaydigan yetakçi emas, balki oddiy işçilar oldida javob beradigan odam kerak”, — degandi Respublikaçilar partiyasining iyul oyidagi Milliy qurultoyida vitse-prezidentlikka nomzod Jyey Di Vens. “Köp millatli korporatsiyalarga sotilmaydigan, aksinça Amerika kompaniyalari va sanoatining manfaatlarini himoya qiladigan rahbar zarur”.
Ayni paytda AQŞ Federal saylov komissiyasining rasmiy hujjatlarida boşqa narsani köriş mumkin. Tramp va Vens nomzodlari Qöşma Ştatlarning köplab eng badavlat odamlari, jumladan, Amerikaning qator yirik korxonalari asosçilari va rahbarlari tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda.
Trampni qöllab-quvvatlovçi siyosiy harakatlar qömitalariga allaqaçon 26 milliard dollarlik mablağ xayriya qilingan — har biriga 1 million dollardan köproq töğri keladi. Sobiq prezidentning milliardlab dollarlik aktivlarga ega 26 nafar eng yirik donorlaridan 16 nafari xususiy, aksariyati, oilaviy korporatsiyalardan boylik orttirgan. Ularning köpçiligi, masalan, ABC Supply rahbari Diana Hendriks, Uline rahbari Elizabet va Dik Yulayn asosiy faoliyatini AQŞda olib borayotgani va amerikaliklar uçun iş örinlari yaratayotganidan oçiqdan-oçiq faxrlanadi.
Donorlar röyxatida Johnson & Johnson sulolasi avlodi Vudi Jonson va kazino magnati Şeldon Adelsonning bevasi Miriam Adelson kabi bir qança merosxörlar ham bor. Ammo ularning aksariyati (26 donordan 22 nafari) köp milliardli imperiyalarni öz kuçi bilan qurgan.
Saylov yilida pullar daryodek oqyapti. Ikki oy oldin Forbes USA sobiq prezidentning asosiy xayriyaçilarini aniqlaşni boşlagandi, öşandan beri Adelson reytingda yuqoriga kötarilib kelmoqda: may oyi oxirida sovğa sifatida katta mablağ ajratgan ayol hozir törtinçi örinda (aytişlariça, u qöşimça xayriya rejalarini tuzyapti, buning natijasida röyxatning çöqqisiga kötariladi). Bundan taşqari, birja boşqaruvçisi Jyeff Spreker va uning rafiqasi, sobiq senator Kelli Lefler ilk bor top öntalikka qöşildi. Hendriks ham törtinçi örindan uçinçi öringa kötarildi. Şu munosabat bilan “Nyu York Jyets” egasi Vudi Jonson va los anjyeleslik köçmas mulk magnati Jyeffri Palmer yuqori öntalikdan çiqişdi.
Reytingdagi beş donor xayriya mablağlarini America PAC nomli yangi siyosiy harakatlar qömitasi hisobiga ötkazgan, qömita taşkil etilişida Ilon Maskning hissasi bor (bu haqda uning özi aytgan). May oyida tuzilgan birlaşma Trampning joylardagi maslakdoşlari işiga va SMS-xabarlarga deyarli 8 million dollar ajratdi. Köplab ommaviy axborot vositalari Mask taşkilotga oyiga 45 million dollar va’da qilgani haqida xabar berişdi, ammo uning özi taşkilotni qöllab-quvvatlaşni kamaytirişini aytgan. Tesla asosçisi hozirça reytingga kiritilmagan, ammo röyxatda uning eski dösti va investor Antonio Grasias bor, u iyun oyida America PAC foydasiga 1 million dollar ötkazgan.
Mavzuga oid
Forbes Trampning 10 ta eng yirik donori haqidagi ma’lumotlar bilan bölişdi:
1. Timoti Mellon
Trampni qöllab-quvvatlovçi guruhlarga xayriyalar: 76,5 million dollar
Umumiy boyligi: qariyb 1 milliard dollar.
Mellon öz şaxsiyati haqidagi ma’lumotlarni odamlardan sir tutişga urinadi. Şunga qaramay, bu galgi saylovoldi kampaniyasida aynan Mellon barçani ortda qoldirdi.
Tadbirkor bir asrdan ortiq tarixga ega Amerika biznes imperiyasining merosxöri, lekin özi ham temiryöllarda işlab, mömay pul topgan. Mellon Trampni qöllab-quvvatlovçi siyosiy harakatlar qömitasiga 75 million dollardan ortiq mablağ ajratdi (bunga sobiq prezidentga jinoyat işi böyiça ayblov hukmi çiqarilganidan keyingi kun 50 million dollar miqdorida berilgan hadya ham kiradi). Şuningdek, u kiçik Robert Kennedini qöllab-quvvatlaşga yana 25 million dollar yönaltirdi.
2. Linda Makmen (Vins Makmenning rafiqasi)
Trampni qöllab-quvvatlovçi guruhlarga xayriya: 16 million dollar
Umumiy boyligi: 3,1 milliard dollar.
Turmuş örtoği Vins (hozirda jinsiy zöravonlikda ayblanmoqda) bilan birga Linda Makmen WWe’dan (World Wrestling Entertainment) milliardlab dollarlik aylanmaga ega köngiloçar gigant yaratgan. Uning siyosat dunyosiga kirganiga köp yillar böldi: 2010 va 2012 yillarda Lindaning Konnektikutdan senatga nomzodi muvaffaqiyatsizlikka uçradi, Tramp davrida u Kiçik biznes böyiça boşqarmaga rahbarlik qildi. Ayol haligaça MAGA (Make America Great Again yoki “Amerikani yana buyuk qilamiz” — Tramp kampaniyasi şiori) harakatining “yuragi”ga yaqin şaxslardan hisoblanadi.
Bugungi kunda u America First Policy Institute tahliliy markazi boşqaruv kengaşi raisi, Trump Media & Technology Group (Truth Social ijtimoiy tarmoği boş kompaniyasi) direktorlar kengaşi a’zosi. Ayol Trampni qöllab-quvvatlaş uçun turli siyosiy qömitalarga 15 million dollardan ortiq xayriya qilgan.
3. Riçard va Elizabet Yulayn
Trampni qöllab-quvvatlovçi guruhlarga xayriya: 10 million dollar
Umumiy boyligi: 6 milliard dollar.
Liz va Dik Yulayn respublikaçilar partiyasining eng saxiy donorlaridan bölib, har safar ön millionlab dollar sarmoya kiritadi. Juftlik 1980 yillarda öz uyi yertölasida Uline qadoqlaş materiallari işlab çiqariş korxonasini taşkil etgan. Hozirda kompaniyaning yillik daromadi 6 milliard dollardan oşadi. Kompaniyada prezident lavozimini egallab turgan Liz köpinça siyosiy tusdagi bayonotlar bilan çiqadi. 2021 yilda u Trampning “Amerika hamma narsadan ustun” tamoyiliga asoslangan savdo siyosatini ma’qullagan va birja kompaniyalarini “öz aksiyalari narxi haqida haddan taşqari qayğurişda” ayblagandi. Vaholanki, Yulaynlar öz biznesiga töliq egalik qiladi. Ular siyosiy qaraşlarini oçiqçasiga namoyiş etişi va respublikaçilar taşabbuslariga millionlab dollar sarflaşi mumkin.
4. Diana Hendriks
Trampni qöllab-quvvatlovçi guruhlarga xayriya: 6,3 million dollar.
Umumiy boyligi: 20,9 milliard dollar.
Sobiq ofitsiant, eng boy amerikalik ayol maqomiga sazovor bölgan Diana iyul oyida Viskonsindagi respublikaçilarning Milliy qurultoyida abortlarga qarşi çiqdi hamda Bayden va Harris ma’muriyatini tadbirkorlik faoliyatiga tösqinlik qilişda aybladi. Hozirda uning kompaniyasi — quriliş materiallari işlab çiqaruvçi ABC Supply yiliga 20 milliard dollar daromad qiladi.
“Men kompaniyani noldan boşlaş qançalik qiyinligini bilaman”, — dedi u. “Bizga buni tuşunadigan prezident ham kerak”.
Tadbirkor bu rolga Tramp juda mos kelişiga qat’iy işonmoqda, şu sababdan u taşkilotlarga uni qöllab-quvvatlaş uçun 6 million dollardan ortiq mablağ ajratdi.
5. MiriamAdelson
Trampni qöllab-quvvatlovçi guruhlarga xayriyalar: 5,8 million dollar
Umumiy boyligi: 27,8 milliard dollar.
Kazino magnati va Respublikaçilar partiyasining uzoq yillik megadonori Şeldon Adelsonning bevasi Miriam Isroilda tuğilgan, u ilgari şifokor bölib işlagan. Hozirda u Las-Vegas Sands qimor imperiyasi va “Dallas Maveriks” NBA jamoasining nazorat paketiga egalik qiladi. 2020 yilda Adelsonlar respublikaçilar taşabbuslariga 220 million dollar xayriya qilişdi; 2021 yilda Şeldon vafotidan keyin ham Miriam katta miqdorda pul berişda davom etmoqda. The New York Times gazetasining xabar berişiça, Adelson Trampni qöllab-quvvatlaş uçun 90 million dollardan ortiq sarmoya kiritişni rejalaştirmoqda (hozirgaça u atigi 5,8 million dollar bergan), lekin bir neçta şart evaziga: “kamroq pafosga beriliş” va “iqtisodni muhokama qilişda biznezga yaqin böliş”.
Miriam rejadagi summaning hammasini bermasligi mumkin, boisi u Tramp bilan bir qator ğazabli xabarlar almaşgani aytilmoqda.
6. Kelsi Uorren
Trampni qöllab-quvvatlovçi guruhlarga xayriya: 5,8 million dollar.
Umumiy boyligi: 6,2 milliard dollar.
Uorrenning Energy Transfer kompaniyasi Şimoliy va Janubiy Dakota, Ayova va Illinoys ştatidagi mojaroli neft quvuri bilan tanilgan. Tramp prezident sifatidagi birinçi muddatida mazkur quvur qurilişiga yordam bergan. 2016 yilda Uorren Tramp nomzodini qöllab-quvvatlaş uçun 100 ming dollar xayriya qilgan, 2020 yilda yana 11 million dollardan ortiq mablağ ajratgan. Bu safarga saylov uçun biznesmen qariyb 6 million dollar sarfladi, ötgan yili u Florida gubernatori — Trampning partiya içidagi asosiy raqibi Ron de Santisga ham pul bergandi.
7. Timoti Dann
Trampni qöllab-quvvatlovçi guruhlarga xayriya: 5 million dollar
Umumiy boyligi: 2,2 milliard dollar
Ayrim manbalarga köra, may oyida ötkazilgan uçraşuvlardan birida Tramp neftçilarni umumiy xayriya miqdorini 1 milliard dollarga köpaytirişga çaqirgan, ammo Danndan pul sörab ötiriş şart emas. Dekabr oyida u Trampni qöllab-quvvatlovçi super siyosiy aksiya PAC’ga 5 million dollarlik çekni şunçaki yozib berdi. Dannning CrownQuest Operating kompaniyasi boş qarorgohi Texasning ğarbiy qismida joylaşgan bölib, Qöşma Ştatlardagi eng yirik xususiy neft kompaniyalaridan biri hisoblanadi. 2016 yilda tadbirkor Trampning saylovoldi kampaniyasini moliyalaştirmagandi, biroq 2020 yilda u xayr-ehson qilişni boşladi va joriy saylov poygasida Tramp hamda boşqa respublikaçilarga katta summadagi mablağlarni topşirişga kirişdi.
8. Jyeff Spreker va Kelli Lefler
Trampni qöllab-quvvatlovçi guruhlarga xayriya: 4,9 million dollar
Umumiy boyligi: 1,1 milliard dollar
Lefler siyosiy kampaniyalar qançalik qimmatga tuşişini oldindan biladi: u 2020 yilda Jorjiya Senatiga öz nomzodini qöyiş uçun 92 million dollar yiğgandi, ammo baribir Rafael Uornokka yutqazdi. U xayriya işlarini siyosatçilikdan ança oldin boşlagan. Lefler ön yildan köproq vaqt davomida respublikaçilarga katta miqdorda pul ötkazgan bölsa-da, 2020 yilda u juda qisqa muddatga Jorjiyadan vakil sifatida Senatda örinni egalladi. Uning turmuş örtoği Jyeff Spreker Nyu-York fond birjasiga egalik qiladi, şuningdek u Lefler bir paytlar yuqori lavozimli direktor bölib işlagan Intercontinental Exchange asosçisi. Juftlik birgalikda Trampni qöllab-quvvatlaş uçun 5 million dollarga yaqin mablağ ajratganini aytadi. Ular yanada köproq mablağ ajratiş niyatida. Ötgan dam oliş kunlarida Lefler va Spreker Koloradodagi mablağ yiğiş marosimida Tramp qömitasiga qöşimça 170 000 dollar xayriya qildi.
9. Fil Raffin
Trampni qöllab-quvvatlovçi guruhlarga xayriya: 3,3 million dollar
Umumiy boyligi: 2,6 milliard dollar
Raffin Trampning muhim donori, bundan taşqari ular biznes hamkor va yaqin döst. Ular birgalikda Las-Vegasdagi Trump International mehmonxonasiga egalik qiladi. Mar-a-Lagoda Raffin ukrainalik Aleksandra Nikolayenkoga uylanganda Tramp unga kuyovjöralik qilgan. Raffin 2016 yildan beri Trampning maslakdoşi, 2024 yilda bu döstlik yanada qalinlaşdi. U joriy poygada Trampning siyosiy harakatlar qömitalariga 3,3 million dollar xayriya qildi, bu avvalgi ikki kampaniyaga hadya qilingan summadan köproq.
10. Jimmi Jon Lioto
Trampni qöllab-quvvatlovçi guruhlarga xayriyalar: 3,1 million dollar
Umumiy boyligi: 2,4 milliard dollar
Jimmi Jonning Illinoys ştatidagi garajida taşkil etilgan sendviç tayyorlaş biznesi hozirda 2600 ta filialga ega imperiyaga aylangan. 2016 yilda u biznesning katta qismini xususiy sarmoya firmasiga sotdi. Öşandan beri u rafiqasi Lesli bilan siyosatga köproq qiziqa boşladi. Lesli Trampni 2016 va 2020 yillardayoq qöllab-quvvatlagan, biroq tadbirkorning özi unga endigina qöşildi. Jimmi Jon qisqa muddatda Trampni qöllab-quvvatlovçi uyuşmalarga 2,8 million dollar, Lesli esa 250 ming dollar xayriya qildi.