Yakşanba kuni Rostov oblasti Proletarsk şahrida ukrain dronlari hujumiga uçragan neft bazada çiqqan yonğinni öçirib bölmayapti, yonğinni bartaraf etiş işlariga FVV aviatsiyasi, maxsus poyezd va 500 dan ortiq qutqaruvçi jalb etilgan. 47 nafar öt öçiruvçi jarohatlangan. Hududda favqulodda holat rejimi e’lon qilingan, ammo rasmiylar mahalliy aholini evakuatsiya qilişga zarurat yöq deb topgan Ekspertlarning ta’kidlaşiça, yonilği töliq yonib bitguniça bunday olovni öçiriş deyarli imkonsiz.

Proletarsk şahri yaqinida, Rostov-Dondan 165 km janubi-şarqda joylaşgan neft bazada 18 avgust tongida yonğin çiqqandi. Oblast gubernatori Vasiliy Golubev öz telegram-kanalida yozişiça, yonğin havo-hujumidan mudofaa kuçlari urib tuşirgan dronlarning parçalari dizel yonilğisi saqlanadigan omborlarga tuşişi tufayli boşlangan. Golubevning yozişiça, öt öçiruvçilar darhol olovni öçirişgan, ammo köp ötmay ular işni töxtatişga majbur bölgan, çunki dronlar neft bazaga takroriy hujumni amalga oşirgan.

Şundan buyon ötgan tört kundan ortiq kun mobaynida öt öçiruvçilar töxtovsiz işlamoqda, ammo hozirga qadar yonğin öçoqlarini bartaraf etişning imkoni bölmadi.

Yonğin maydoni uçinçi kunga kelib 10 ming metr kvadratga yetgandi. Olovni öçirişga FVV maxsus aviatsiyasining ikki samolyoti, uçta öt öçiruvçi poyezd va kamida 500 nafar öt öçiruvçi, jumladan qöşni regionlardan ham jalb etilgan. Samolyotlar yonğin tarqalmasligi uçun atrofdagi hududlarga suv sepib çiqmoqda, degan Golubev.

19 avgust kuni hududda lokal favqulodda holat rejimi joriy etildi va hozirga qadar amal qilmoqda.

Ukrain dronlari Rossiyaning neftni qayta işlaş va neft mahsulotlarini saqlaş obektlariga hujumlari 2023-2024 yillar qişida Rossiya uçun jiddiy muammoga aylangandi. Zarbdor dronlar 1000 kilometrgaça masofaga yetib bora oladigan böldi. Neftni qayta işlaş zavodlarida dronlar zarbasi oqibatida yuzaga keladigan yonğinlarni öçiriş uçun ikki kungaça vaqt talab qilinardi. Proletarsk yaqinidagi neft bazada boşlangan yonğinni esa tört kunda ham öçirib bölmadi.

Proletarsk rayoni rahbari Valeriy Gorniç RIA Novosti agentligi bilan suhbatda aytişiça, neft baza hududida 74 ta rezervuar joylaşgan, ularning har biri 5000 metr kub yonilği siğdiradi. Gorniçning sözlariga köra, çorşanba tongida dizel yonilğisi saqlanayotgan «20 ga yaqin rezervuar»ni olov qamragandi.

Mahalliy aholi vakillari 19–20 avgust kunlari olgan videoda neft baza hududida yangi kuçli çaqnaşlarni köriş va portlaş ovozlarini eşitiş mumkin. Çorşanba kuni keçqurun esa mahalliy telegram-kanallar yana bir sisternada portlaş röy bergani haqida xabar berişdi.