Buyuk Xitoy devorida sayohat qilayotgan turistlar endi yegulikni havo orqali olişi mumkin. Pekin çetidagi istehkomning eng gavjum Badalin qismida dronlar yordamida innovatsion yetkazib beriş tizimi joriy etildi.

Ilgari yetkazib beriş piyoda kurerlar tomonidan amalga oşirilar va kutiş deyarli bir soatga çözilardi. Endi dronlar buyurtmani beş daqiqada yetkaza oladi. Buyurtma beriş uçun turistlar maxsus QR-kodni skanerlaşi kerak.

Tovarlar orasida nafaqat suv, oziq-ovqat va muzqaymoq, balki zarurat tuğilganda dori-darmonlar ham mavjud. Qiziği şundaki, ortga qaytişda dronlar böş şişalar va qadoqlarni taşib, hududni tozalaşga yordam beradi. Bu xodimlarning işini osonlaştiradi va obektda tozalikni saqlaşga hissa qöşadi.

Yangi dron xizmati Xitoy oziq-ovqat yetkazib beriş giganti Meituan tomonidan e’lon qilindi. Unga köra, dronlar mö’tadil şamol va yomğirda ham uça oladi, bir parvozda 2,3 kilogramgaça yuk taşişi mumkin.

Dron orqali yetkazib beriş narxi atigi 4 yuanni (56 sent) taşkil qiladi. Buyurtmalar soat 10:00 dan 16:00 gaça qabul qilinadi, şundan söng dronlar çiqindilarni qayta işlaş stansiyalariga yetkazib beradi, deyiladi xabarda.

Biroq dronlar hanuz inson yordamiga muhtoj.

Ovqatga buyurtma kelib tuşgandan keyin, Meituan xodimi mahsulotni eng yaqin mehmonxona tomiga olib çiqadi va dronga mahkamlaydi. Söng operator dronni Badalindagi qöriqlaş xizmati minorasiga qarab uçiradi. Minorada boşqa xodimlar dronni kutib oladi va yegulikni buyurtmaçiga olib beradi.

Uçar biznes

Sönggi yillarda Xitoyda dronlar orqali yetkazib beriş xizmati jadal rivojlanmoqda.

2016 yilda elektron tijorat giganti JD qişloq joylarda yetkazib beriş uçun uçuvçisiz uçar apparatlarning birinçi sinovini boşlagandi. Uşbu dronlar 15 kilogrammgaça yukni maksimal 20 kilometr masofaga taşiş orqali egri-bugri toğ yöllari böylab maşinada yetkazib beriş vaqtini tört soatdan 20 daqiqagaça qisqartirgan.

Qişloq joylarida logistikani yaxşilaşdan taşqari, dronlardan Xitoy megapolislari aholisiga oziq-ovqat mahsulotlarini qisqa vaqtda yetkazib beriş uçun ham keng foydalanilmoqda.