Volgograd oblastidagi 19-sonli axloq tuzatiş koloniyasida mahbuslar odamlarni garovga oldi, deb xabar bermoqda Federal jazoni ijro etiş xizmati matbuot xizmati. «IK-19 da intizomiy komissiya yiğilişi çoğida mahkumlar axloq tuzatiş muassasasi xodimlarini garovga olgan. Ayni vaqtda garovdagilarni ozod etiş böyiça tadbirlar olib borilmoqda», — deyiladi FSIN xabarida. IK-19 Volgograddan 130 kilometr ğarbda joylaşgan Surovikino şahrida joylaşgan. Bu qat’iy tartibdagi koloniya hisoblanadi.
FSIN xabariga köra, hodisa vaqtida jarohatlanganlar ham bor, ammo tafsilotlar keltirilmagan. TASS operativ xizmatlarga tayanib, bir kişi halok bölganini xabar qilgan. Baza versiyasiga köra esa, qurbonlar soni uç nafar. «Interfaks» uç kişi rayon şifoxonasi jonlantiriş bölimiga olib kelingani haqida yozgan.
Jami neça kişi garovga olingani — noma’lum. Shot xabariga köra, garovga olinganlar orasida koloniya boşliği Andrey Devyatov va uning örinbosari bor. Baza ma’lumotiga köra, Devyatov qoçişga muvaffaq bölgan, ammo jarohatlangan va hozirda jonlantiriş bölimiga yotqizilgan, Shot versiyasiga köra — koloniya boşliğini jinoyatçilarning özi «topşirgan».
Hujum qilganlar IŞIDga aloqador bölişi mumkin, deya xabar beradi Baza va Mash. Uşbu manbalar iyun oyida Rostovdagi tergov izolyatorida isyon kötarib, xodimlarni garovga olganlar ham uşbu guruh a’zolari bölganini eslatgan. Uşbu telegram-kanallarga köra, jinoyatçilar ikki million dollar va vertolyot talab qilişgan. Ular bilan muzokaralar ötkaziş uçun koloniyaga Volgograddagi masjid imomi olib kelingan.
Telegram-kanallarda odamlarni garovga olgan mahbuslarning röyxati va fotosuratlari paydo böldi. Ma’lumotlarda ulardan ikki nafari özbekistonlik, yana ikkisi tojikistonlik ekani aks etgan: bular 28 yoşli Ramzindin Toşev, 23 yoşli Rustamjon Navröziy, 28 yoşli Nazirjon Toşov va 29 yoşli Temur Husinov. Ularning dastlabki uç nafari giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullangani uçun, törtinçisi qasddan badanga oğir tan jarohati yetkazganlik uçun qamalgan.
RF Tergov qömitasi garovga oliş fakti böyiça RF JK 206-moddasi 4-qismi va (ölimga olib kelgan garovga oliş) va 321-moddaning 3-qismi (koloniya faoliyatini izdan çiqariş) böyiça jinoiy iş oçilgan. Koloniyaga FSIN markaziy apparati guruhi yetib kelgan.







