AQŞ Los-Anjyeles şahrida noma’lum şaxs avtobusni olib qoçdi, politsiya esa uni ta’qib qildi. Bu haqda NBC News telekanali xabar berdi.

Qayd qilinişiça, avtobus temir tikanlar yordamida töxtatilgan. Qurollangan jinoyatçi politsiyaga qarata öq uzgan.

NBC News telekanalining xabar berişiça, hujum qilgan şaxs qölga olingan. Uning şaxsi oçiqlanmayati.

Otişmada kamida bir ayol kişi jiddiy jarohat olgan, u avtobusdagi ikki yölovçidan biri ekanligi taxmin qilinmoqda. Haydovçi jabrlanmagan, maxsus kuçlar unga avtobusdan tuşişga yordam berişgan.

Yarador ayol şifoxonaga yotqizilgan va keyinçalik vafot etdi, deb xabar berdi ABC7.