Rosgvardiya garovga olinganlarni ozod qiliş amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlangani haqida ma’lum qildi. Rosgvardiyaning maxsus topşiriqli bölinmasi Volgograd oblasti Surovikino şahrida 19-sonli koloniyada 23 avgust kuni ötkazilgan şturm çoğida odamlarni garovga olgan tört  mahbusni ham yöq qildi.

«Rosgvardiyaning Volgograd oblasti böyiça maxsus bölinmasi merganlari törtta aniq öq otiş orqali koloniya xodimlarini garovga olgan tört mahbusni yöq qildi. Garovdagilar ozod etilgan», — degan «Interfaks»ga idoradagi manba.

19-sonli axloq tuzatiş muassasasida IŞID terrorçilik guruhiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan tört mahbus 23 avgust kuni koloniya xodimlarini garovga olgandi. Volgograd oblasti gubernatori Andrey Boçarovning xabariga köra, koloniyaga hujumdan keyin Federal jazoni ijro etiş xizmatining tört xodimi şifoxonaga yotqizilgan. 

Federal jazoni ijro etiş xizmati qamoqxonada jami sakkiz kişi garovga olingani haqida ma’lumot bergan.

Mahbuslar xodimlardan tört nafarini tiğ bilan jarohatlagan, şundan uç nafari voqea joyida halok bölgan. Yana tört xodim şturm boşlanişidan oldinroq şifoxonaga yotqizilgan, ulardan biri şifoxonada jon bergan. 

Şu tariqa, qamoqxonadagi hodisa oqibatida jami sakkiz kişi halok bölgani, şturm davomida faqat bir kişi ozod etilgani ma’lum bölmoqda.

Foto: Rosgvardiya

Hujum qilganlar haqida nimalar ma’lum?

TASS dastlab operativ xizmatlarga tayangan holda isyon kötargan mahbuslar soni kamida uç nafarligi, ularning barçasi 19-sonli koloniyaga qamalganlar ekani haqida ma’lumot tarqatdi.

Baza ular IŞIDga aloqadorligini e’lon qilgani haqida xabar tarqatdi. Bu ma’lumot hozirça rasmiy tasdiqlanmagan.

Keyinroq TASS sud hukmlariga tayanib, 19-sonli koloniyada xodimlarni garovga olgan guruhdagi uç kişi giyohvandlik moddalari savdosi uçun, yana biri muştlaşuv çoğida odam öldirgani tufayli qamalgani haqid xabar tarqatdi.

Baza, Shot va «Ostorojno, novosti» telegram-kanallarida ularning fotolari va şaxsiy ma’lumotlari e’lon qilindi.

Kanallar ma’lumotiga köra, garovga olişda quyidagi tört kişi iştirok etgan: 28 yoşli Ramzindin Toşev va Nazirjon Toşov, 23 yoşli Rustamjon Navröziy va 29 yoşli Temur Husinov.