Qirğizistonda uyuşgan jinoiy guruhlarni moliyalaştiriş böyiça olib borilayotgan tergov doirasida Jogorku Keneşning (parlament) sobiq deputati Nurğozi Aydarov qidiruvga berildi. Bu haqda Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasiga tayanib, Kaktus.media xabar berdi.
Boşqarma ma’lumotlariga köra, Aydarov tomonidan xalqaro uyuşgan jinoiy guruh a’zolari hamda Salimboyvaçça nomi bilan tanilgan özbekistonlik Salim Abduvaliyev faoliyatini moliyalaştiriş faktlari aniqlangan.
Tergov ma’lumotlariga köra, Nurğozi Aydarov Abduvaliyevning noqonuniy faoliyati va kriminal avtoritet Qamçibek Qölboyev bilan yaqin aloqalari haqida bilgan holda, Özbekistonda bölgan vaqtida unga har tomonlama «hurmat-ehtirom körsatgan». Öz navbatida ular Aydarovning Qirğiziston va Özbekiston hududida amalga oşirgan tadbirkorlik va boşqa faoliyatiga «homiylik qilgan».
Bişkek şahrining Oktyabr tumani sudi qarori bilan Aydarovga nisbatan sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi tanlandi, u ham jinoiy javobgarlikka tortiş uçun davlatlararo va Interpol orqali qidiruvga berildi.








