Braziliya AQŞ va Kanadaga boriş maqsadida mamlakatga kelayotgan ayrim Osiyo davlatlari fuqarolarining öz hududiga kirişini çeklaşni boşlaydi. Bu haqda Braziliya Adliya vazirligi matbuot xizmatiga tayanib CNN xabar berdi.
Qayd etilişiça, 26 avgustdan boşlab kuçga kiradigan çora-tadbirlar Braziliyaga kirişi uçun viza talab qilinadigan osiyolik migrantlarga taalluqli.
Rasmiy hujjatlarga köra, federal politsiya tomonidan ötkazilgan tergovlar davomida migrantlar San-Paulu xalqaro aeroportida tuşib qolib, şimol tomon safarlarini şu yerdan boşlayotgani ma’lum bölgan. Aeroportdan boşpana sörab yöllanayotgan murojaatlarning 70 foizdan ortiği Hindiston, Nepal yoki Vetnam fuqarolariga tegişli.
Adliya vazirligiga köra, keyingi haftadan vizasi yöq sayyohlar samolyotdan tuşmay safarini davom ettirişi yoki öz vataniga qaytib ketişi kerak böladi. Yangi tartib-qoidalar hozirda San-Paulu aeroportida qolayotgan 484 nafar migrantga ta’sir körsatmaydi.
Hujjatlarning birida qayd etilişiça, joriy yil boşidan 15 iyulga qadar Braziliya federal politsiyasiga boşpana sörab 9082 ta murojaat kelib tuşgan — bu 2023 yil davomida qayd etilgan jami sörovlardan ikki barobarga köp va oxirgi ön yillikdagi eng katta körsatkiç.
Braziliya hukumatiga köra, 2021 yil sentabridan 2024 yil apreliga qadar mamlakat 11 ming 248 nafar Afğoniston fuqarosiga gumanitar viza bergan. Mamlakat prezidenti Luis Inatsiu Lula da Silva 2023 yil yanvarda, hokimiyatga kelganining ilk kunlaridayoq öz mamlakatini xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiya böyiça Global şartnomaga qaytarişini ma’lum qilgandi.








