Qadimgi davrda qaysi flot eng kuçli bölganini faqat kemalar soniga qarab aniqlaş qiyin. Ayrim davlatlar ilğor taktika va kemasozlik texnologiyalari, boşqalari tajribali ekipajlari yoki uzoq masofalarda harbiy operatsiyalar olib boriş qobiliyati tufayli dengizlarda ustunlikka erişgan.
Milodiy 500-yilgaça mavjud bölgan flotlar orasida Afina, Ahamoniylar Forsi, Karfagen, Rim, Ptolemeylar Misri, Sirakuza va Xan sulolasining dengiz kuçlari alohida ajralib turadi.
Afina floti
Miloddan avvalgi V asrda Afina mintaqaviy yunon polisidan Egey dengizidagi yetakçi dengiz davlatiga aylandi. Lavrion kumuş konlaridan olingan daromad davlat arbobi Femistokl rahbarligida yuzlab triyeralar quriş imkonini berdi.
Afina triyeralari öz davrining eng takomillaşgan harbiy kemalaridan edi. Uzunligi taxminan 37 metr bölgan kemani uç qavat qilib joylaştirilgan qariyb 170 nafar maxsus tayyorlangan eşkakçi harakatga keltirgan. Kemalar bronza bilan qoplangan taranlar yordamida duşman kemalariga aniq zarba berişga möljallangan edi.
Afina floti uçun hal qiluvçi sinov miloddan avvalgi 480-yildagi Salamin jangi böldi. Yunonlar son jihatidan ustun Fors flotini tor böğozlarda mağlub etdi. Bu ğalaba yunon polislarining mustaqilligini saqlab qolişga va keyinçalik klassik yunon sivilizatsiyasining yuksalişiga şaroit yaratdi.
Keyinçalik Afina dengizdagi ustunligidan foydalanib, Delos ittifoqini amalda yirik dengiz imperiyasiga aylantirdi.
Ahamoniylar Fors floti
Ahamoniylar imperiyasi Misr va Yaqin Şarqdan Markaziy Osiyogaça çözilgan ulkan hududni egallagan. Şu sababli flot nafaqat sohillarni himoya qiliş, balki katta harbiy yurişlarni taʼminlaş uçun ham muhim edi.
Fors floti turli xalqlarning dengizçilik tajribasini birlaştirgan yirik kuç bölgan. Kserksning miloddan avvalgi 480-yilda Yunonistonga yurişi vaqtida ayrim qadimgi manbalarga köra, forslar mingdan ziyod kemani safarbar qilgan.
Salaminda va keyingi yili Mikale jangida mağlubiyatga uçraganiga qaramay, Fors floti Örta Yer dengizi siyosatida muhim örin tutişda davom etgan. Forslar özaro raqobatlaşayotgan yunon polislariga kema va moliyaviy yordam berib, dengiz qudratidan diplomatik taʼsir vositasi sifatida ham foydalangan.

















