Budapeşt Yevropa komissiyasini Ukraina hududidan ötuvçi «Drujba» quvuri orqali Yevropa Ittifoqining qator mamlakatlariga Rossiya neftini yetkazib berişni töxtatişga aloqadorlikda gumon qilmoqda. Bu haqda Vengriya taşqi işlar vazirligi rahbari Peter Siyyarto bayonot berdi, deb yozadi 24 avgust kuni Reuters.
«Yevropa komissiyasining Vengriya va Slovakiyani energiya bilan ta’minlaşda yordam berişga tayyor emasligi, Bryusseldan Kiyevga Vengriya va Slovakiya energiya ta’minotida muammolar yuzaga keltiriş uçun buyruq yuborilganidan dalolat beradi», - deya siyosatçining sözlarini keltiradi agentlik.
YeK Vengriya bilan Rossiyadan neft yetkazib beriş böyiça maslahatlaşuvlar ötkazmadi
Siyyarto bayonoti Ukrainaning Rossiya «Lukoyl» neft kompaniyasiga qarşi iyun oyida joriy etgan sanksiyalari yuzasidan Yevropa Ittifoqida davom etayotgan munozaralar çoğida aytildi. Rossiya Federatsiyasining neft giganti Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi boşlanganidan keyin ham Ukraina hududi orqali ötgan «Drujba» quvuri tarmoqlaridan biri orqali kamida ikkita Yevropa Ittifoqi davlatiga - Slovakiya va Vengriyaga yonilği yetkazib berişni davom ettirdi.
Sanksiyalar kiritilgandan söng, Kiyev «Lukoyl»dan quvur orqali neftni yetkazişni töxtatişni talab qildi, biroq ayni paytda uni Yevropa Ittifoqiga boşqa neft yetkazib beruvçilar uçun oçiq qoldirdi. Rasmiy Budapeşt va Bratislava bu qarorga qarşi çiqdi. Rossiyaparast qaraşlari bilan tanilgan ikki davlat hukumatlari agar Kiyev «Lukoyl» neftini ötkazişni tiklamasa, Ukrainaga energiya resurslarini yetkazib berişni töxtatiş bilan tahdid qilgan.
Yevrokomissiya Vengriya va Slovakiya energiya ta’minoti uçun xavf belgilarini körmayotganini ma’lum qildi, çunki «Drujba»ning YeIga janubiy tarmoği orqali energiya yetkazib beriş hajmi kamaymagan. YeK ma’lumotlariga köra, quvur orqali ötkaziladigan neft hajmi boşqa yetkazib beruvçilar tomonidan qoplangan.













