Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xalqaro til sertifikati yöq öqituvçilar bilan tuzilgan mehnat şartnomalarini bekor qiliş yuzasidan rasmiy körsatma bermagan.
Vazirlikning Özbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyuşmalari respublika kengaşiga yöllagan javob xatida ta’kidlanişiça, “Vazirlik tomonidan hududiy boşqarmalar va tizim taşkilotlariga joriy öquv yilidan boşlab xorijiy tillarni özlaştiriş darajasi böyiça kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglaştirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bölmagan xorijiy tillar öqituvçilari bilan tuzilgan mehnat şartnomalarini bekor qiliş yuzasidan rasmiy körsatma berilmagan”.
Şuningdek, javob xatida xorijiy til öqituvçilari uçun avgust oyida çet tilini biliş darajasini aniqlaş uçun qöşimça test sinovlarini taşkil etiş çorasi körilayotgani ma’lum qilingan.
Iyul oyi oxirlarida Özbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyuşmalari respublika kengaşi xalqaro til sertifikati yöq öqituvçilarni işdan böşatmaslik böyiça Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligiga taqdimnoma kiritgandi.












