Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Özbekiston uçun 2024−2028 yillarga möljallangan, mamlakatda yaşil va inklyuziv iqtisodiyotga ötiş böyiça islohotlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan yangi hamkorlik strategiyasini boşladi.
Yangi beş yillik strategiya doirasida OTB Özbekiston hukumati bilan mamlakatning yaşil iqtisodiyotga ötişida yordam beriş, xususiy sektor rivojlanişi va raqobatbardoşligini qöllab-quvvatlaş va inson kapitaliga sarmoyalarni rağbatlantiriş böyiça yaqin hamkorlik qiladi.
OTBning Özbekiston uçun yangi hamkorlik strategiyasi mamlakatning 2030 yilgaça bölgan yaşil iqtisodiyotga ötiş böyiça strategik maqsadlariga erişişda qöllab-quvvatlaydi. OTB Özbekistonning köp yillik işonçli hamkori sifatida taşqi global va mintaqaviy zarbalarga qaramay mamlakatga barqaror iqtisodiy ösişni ta’minlaş va kam ta’minlanganlikni kamaytirişga yordam berişga sodiq qoladi.
Yangi strategiya OTBning energetika, davlat sektorini boşqariş, moliya, transport, qişloq xöjaligi va tabiiy resurslarni boşqariş hamda şaharlarni rivojlantiriş kabi qator tarmoqlardagi faoliyatini öz içiga oladi. Bundan taşqari, bank ta’lim va ijtimoiy himoyani rivojlantirişni qöllab-quvvatlaydi.
OTB, şuningdek, töğridan töğri suveren bölmagan moliyalaştiriş va davlat-xususiy şeriklik orqali xususiy sektorni qöllab-quvvatlaşi kutilmoqda.







