Özbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Alişer Abdusalomov bugun tongda Koreya Respublikasi poytaxtiga keldi.

U Seulga tayinlanişidan avval Özbekiston Oliy Majlisi Senati raisi kotibiyatiga rahbarlik qilgan.

Diplomat 40 yoşda. Toşkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti va Janubiy Koreyaning Kyong-Xi universitetini bitirgan.

Alişer Abdusalomov kasbiy faoliyatini Özbekiston Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligida (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) boşlab, yetakçi mutaxassislikdan Boş boşqarma boşliğigaça bölgan yölni bosib ötgan. Uning faoliyatida diplomatik xizmat ham muhim örin tutadi. Xususan, u 2013-2016 yillarda Özbekistonning Yaponiyadagi elçixonasida savdo-iqtisodiy masalalar böyiça maslahatçi, 2018-2024 yillarda esa Janubiy Koreyada ham uşbu lavozimda işlagan.

Alişer Abdusalomov 1995 yildan 2024 yilgaça qisqa tanaffus bilan Özbekistonning Seuldagi elçixonasiga rahbarlik qilgan Vitaliy Fen örniga tayinlandi.

Özbekistonning Janubiy Koreyadagi favqulodda va muxtor elçisi Vitaliy Fen 18 iyun kuni 77 yoşida vafot etdi.