Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi «Salimboyvaçça» nomi bilan tanilgan, uyuşgan jinoiy guruh rahbari Salim Abduvaliyev tarafdori hibsga olinganini ma’lum qildi.
Milliy xavfsizlik davlat qömitasi xabariga köra, departament tomonidan qidiruvga berilgan Abduvaliyevning jinoiy faoliyatiga aloqador bölgan Qirğiziston fuqarosi, Qizil-Qiya şahrida yaşovçi 1956 yilda tuğilgan M.M. qölga olingan.
«Qölga olingan şaxs Salim Abduvaliyevga hurmat-ehtirom körsatgan, şuningdek, ilgari Toşkent şahrida uşlangan Z.E.T. (1978 y.t.) bilan birga suratga tuşgani aniqlangan», deyiladi xabarda.

Tergov tadbirlarini ötkaziş, şuningdek, Özbekiston uyuşgan jinoiy guruh rahbari bilan uçraşgan holatlarni aniqlaş maqsadida qölga olingan şaxs Milliy xavfsizlik davlat qömitasiga olib borildi. U yerda ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida M.M. jinoiy mafkuradan voz keçdi, deb ta’kidladi qömita.








