Toşkent şahridagi «Milliy boğ» metro bekatining ikkinçi vestibyulini ta’mirlaş işlari boşlandi.

Iyul boşlarida Kun.uz Toşkent metrosining «Milliy boğ», «Ğafur Ğulom», «Özbekiston», «Yunus Rajabiy» va «Maşinasozlar» bekatlaridagi ikkinçi kiriş-çiqiş joylari hamon oçilmagani töğrisida yozgan edi.

Öşanda poytaxt metropoliteni holatga munosabat bildirib, bundan 30-40 yil ilgari barpo etilgan Toşkent metropolitenining yerosti bekatlaridan beştasining ikkinçi vestibyullarida quriliş işlari oxiriga yetkazilmagan holatda foydalanişga topşirilganini ma’lum qilgandi. «Hozirgi kunga kelib, loyihalar böyiça tegişli xulosalar olingan bölib, qurilişni amalga oşiruvçi taşkilot aniqlanişi uçun bu loyiha tenderga joylaştirilgan», — deyilgan edi munosabatda.

Foto: Telegram / Ko dnu

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videolardan köriş mumkinki, hozirda «Milliy boğ» metro bekatining ikkinçi vestibyulini oçiş işlari amalga oşirilmoqda.

«1992 yilda yopilgan metroga kiriş yöli hozirda qayta tiklanmoqda. Stansiya tomonidan quriliş işlari eşitilmoqda, taşqarida esa şlakoblok plitalar olib taşlangan», — deb yozadi Telegram’dagi «Ko dnu» kanali.

Gazeta.uz’ning Toşkent metropoliteni matbuot xizmatiga tayanib yozişiça, «Milliy boğ», «Maşinasozlar», «Özbekiston», «Ğafur Ğulom» va «Yunus Rajabiy» stansiyalarining ikkinçi vestibyulini oçiş rejalaştirilmoqda.

2023 yil oktyabrda Toşkent metropoliteni qoşida oçilgan «Toşmetrotrans» MÇJ loyiha instituti tomonidan barça yopiq vestibyullarni işga tuşiriş böyiça loyihalar işlab çiqilib, davlat ekspertizasiga topşirilgani ma’lum qilingandi. Öşanda mas’ullar ekspertiza xulosasi olinganidan keyin, bosqiçma-bosqiç ta’mirlaş işlari bilan barça yopiq vestibyullar 2024 yilning may oyigaça oçib qöyilişini va’da qilgandi.