Ilon Mask kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan Neuralink çipi miyasiga örnatilgan birinçi inson — amerikalik 30 yoşli Noland Arbo X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasi orqali operatsiyadan keyingi hayotini sözlab berdi.

Nolanning yozişiça, kuniga tört soat vaqtini implant bilan işlaşga sarflamoqda — u öz tanasidan foydalanişni, turli harakatlarni bajarişni örganyapti.

«Men, şuningdek, yozma matnlar ustida köp işlayapman. Masalan, qölimda qalam uşlab turganimni tasavvur qilib, turli ramzlarni çizmoqdaman. Bundan taşqari, mendan keyin keladiganlarning moslaşişini yengillaştiriş maqsadida har kuni turli tajribalar ötkazyapman», — deb yozadi Arbo.

Şuningdek, Arbo imkon qadar köproq rekordlarni yangilamoqçi ekanini bildirdi. Uning sözlariga köra, hozirda u «yana bir juft rekordni yangilaş arafasida».

«Ayni vaqtda men kuniga taxminan uç soatdan sarflab fransuz va yapon tilini örganyapman. Buning ustiga qaçondir maktabga qaytişga tayyorgarlik köriş maqsadida matematikani noldan boşladim. Özim uçun qiziq bölgan boşqa turli sohalarni örganişga ham kuniga bir soatdan ortiq vaqt sarflamoqdaman», — deydi Arbo.

Noland hozirda yana yozişni boşlagan va öz qaydlarini e’lon qiliş niyatida. U kelajakdagi orzulari bilan bölişar ekan, «jamiyat uçun foydali inson» bölişga harakat qilmoqçi ekanini aytdi.

Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi 2024 yil mart oyida miyasiga çip örnatilgan birinçi bemorni körsatgandi. Bemor 30 yoşli falaj Noland Arbo edi. Çip örnatilgandan 100 kun ötgaç bemorning miyasi implantni rad qila boşladi. Keyinroq kompaniya çip uçun dasturiy ta’minotni yangilaş orqali muammoni hal qildi.