Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi öz mijozlariga Tesla tomonidan yaratilgan Optimus humanoid robotlarini fikr kuçi yordamida boşqariş imkoniyatini taqdim etadi. Bu haqda kompaniyaning bir neça kun oldin bölib ötgan tadbirida ma’lum qilindi.

Ilonga köra, miya implantlari örnatilgan imkoniyati çeklangan insonlar «Optimus robotiga masofadan turib, fikr kuçi yordamida» boğlana oladi. Uşbu qadam mavjud texnologiyalarning davomi hisoblanadi: ayni vaqtda miyasiga çip örnatilgan yetti kişi kompyuterni fikr kuçi yordamida boşqarmoqda, jumladan, ular matn terib, öyinlar öynayapti.

Uzoq muddatli istiqbolda texnologiya organizm funksiyalarini töliq tiklaşga yönaltirilgan. Implantlar miyadan keladigan elektr signallarini öqiş va ularni taşqi qurilmalar uçun buyruqlarga aylantiriş orqali işlaydi.

Şuningdek, tadbirda implantlarning özini takomillaştiriş rejalari ham e’lon qilindi. 2026 yilga borib kompaniya 3000 ta kanalga ega çiplarni, 2028 yilda esa 25 mingta kanalli implantlarni taqdim etiş niyatida.

Avvalroq Neuralink çipi örnatilgan erkak bir haftada fikr kuçi orqali videoöyin öynaşni örganib olgani töğrisida xabar berilgandi. Noutbuk qarşisidagi erkak xuddi ekranga şunçaki tikilib ötirgandek körinişi mumkin. Ammo e’lon qilingan videoda kursor uning fikr kuçi yordamida harakatlanayotganini köriş mumkin.