Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi boks böyiça sobiq jahon çempioni Orzubek Nazarovni söroq qildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Qayd qilinişiça, Milliy xavfsizlik davlat qömitasi Nazarovning Özbekiston kriminal avtoriteti Salim Abduvaliyev bilan aloqasi borligini aniqlagan.

Qirğiziston Jinoyat kodeksining «Uyuşgan jinoiy guruhlarni moliyalaştiriş» moddasi bilan qözğatilgan jinoyat işi doirasida maxsus xizmatlar Orzubek Nazarovni söroqqa tutgan. Uning tuşuntirişiça, 2023 yilda boks böyiça jahon çempionatida u va boşqa sportçilar Salim Abduvaliyev tomonidan keçki ovqatga taklif qilingan. Ular ovqatlanib, keyin tarqalişgan. Orzubek Nazarov jinoiy dunyo bilan heç qaçon aloqada bölmagani va bundan keyin ham aloqada bölmasligini qöşimça qilgan.

Ta’kidlanişiça, mazkur jinoyat işi doirasida Salim Abduvaliyevning jinoiy faoliyatiga aloqador boşqa fuqarolarni aniqlaş yuzasidan tergov-tezkor tadbirlari davom ettirilmoqda.

Orzubek Nazarov 1966 yilda tuğilgan. Boks böyiça SSSR havaskorlar terma jamoasi tarkibida Yevropa çempioni (1987) va 3 marta (1985, 1987, 1988) jahon çempioni bölgan. 1993-1998 yillarda professional boksda faoliyat yuritib, WBA talqini böyiça yengil vaznda jahon çempioni kamarini saqlab turgan.