Şveytsariya bundan 33 yil oldin yopilgan Iroqdagi elçixonasini qayta oçdi, deb xabar beradi mamlakat Federal kengaşi.

Qayd etilişiça, elçixonani oçiş orqali Federal kengaş aholi köp bölgan mamlakat bilan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş hamda iqtisodiy, xavfsizlik va migratsiya masalalari böyiça hamkorlikni çuqurlaştirişni maqsad qilgan.

Iroqda jiddiy içki mojarolardan keyin oxirgi yillarda xavfsizlik bilan boğliq vaziyat yaxşilangan. Mamlakat iqtisodiy rivojlaniş bosqiçiga kirmoqda, şu bilan birga mintaqaviy vositaçi va aloqalarni örnatuvçi sifatida tobora muhim rol egallayapti. Iroq sönggi bir neça yilda mintaqada tinçlik va xavfsizlikni ta’minlaşga sezilarli darajada hissa qöşdi. Hozirda dunyoning 50 dan ortiq mamlakati Boğdodda öz elçixonasiga ega.

«Elçixona Şveytsariya—Iroq munosabatlarini mustahkamlaş, iqtisodiyot, xavfsizlik va tinçlik sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş hamda Şveytsariya manfaatlarini ilgari suriş yölida faoliyat körsatadi. Iroqning energiya resurslari va uning diversifikatsiyalangan iqtisodiyoti Şveytsariya biznesi uçun uzoq muddatli eksport va investitsiya istiqbollarini ifodalaydi», — deyiladi xabarda.

Şuningdek, migratsiya sohasidagi hamkorlik ham Şveytsariya uçun ustuvor hisoblanadi. Adliya va politsiya federal vazirligi Iroqdagi migratsiya bilan boğliq loyihalarni qöllab-quvvatlaydi.