«Dzyudoçi Şerzod Namozov finalda raqibini mağlubiyatga uçratib, oltin medalni qölga kiritgan edi. Bu hamyurtimizning Paralimpiya öyinlaridagi ikkinçi çempionligi böldi.

Yengil atletika böyiça yadro uloqtiriş bahslarida Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, birinçi örinni egalladi. Şu tariqa, u uçinçi bor Paralimpiya öyinlari ğolibi bölgan ilk özbekistonlik sportçiga aylandi.

Davlatimiz rahbari suhbatda ularning irodali kuraşlarini hayajon bilan kuzatganini, Vatanimizga navbatdagi oltin medallarni keltirganidan xursandligini ta’kidladi. Xalqimiz nomidan sportçilarni samimiy qutlab, ularning murabbiylari va ota-onasiga taşakkur aytdi.

Çempionlar yuksak e’tibor va doimiy qöllov uçun minnatdorlik bildirdi», - deyiladi rasmiy xabarda.

Ma’lumot uçun, Özbekiston delegatsiyasi yozgi Paralimpiya öyinlarida medallar sifati böyiça öz tarixidagi eng yaxşi natijasini yangiladi. Parij şahrida XVII yozgi Paralimpiya öyinlari yakuniga yetmagan bölsa-da, Özbekiston delegatsiyasi ayni paytning özidayoq 9ta oltin, 6ta kumuş va 5ta bronza medal bilan öz tarixidagi eng yaxşi natijani yangilab ulgurdi. Vakillarimiz sönggi ikki turnirda 8tadan oltin medalga ega çiqişgandi.