Endilikda eksport operatsiyalari böyiça qöşilgan qiymat soliği (QQS) summasi örnini qoplaş osonlaşadi. Bu haqda biznes-ombudsman xabar qildi.

Soliq tölovçilardan tovarlarning eksport qilinganini tasdiqlovçi bojxona hujjatlarini soliq organlariga taqdim etiş talab qilinmaydi.

Bojxona organlari tomonidan elektron tarzda taqdim etilgan ma’lumotlar eksportni tasdiqlaş uçun yetarli hisoblanadi.

Uşbu yangi tartib joriy farmon kuçga kirgunga qadar bölgan davrdagi QQS qoplaş uçun berilgan arizalarga ham tatbiq etiladi.

Import qilinadigan asbob-uskunalar va (yoki) butlovçi qismlarni yetkazib beriş muddati 180 kundan ortiq bölgan kontraktlar böyiça aktivlarni repatriatsiya qiliş muddati sifatida kontraktda körsatilgan yetkazib beriş muddati tan olinadi.