Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov davlat xizmatçilarining maoşini oşirişga moratoriy joriy qildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Moratoriy 2026 yilgaça joriy qilingan. Qayd etilişiça, mazkur qaror davlat budjeti xarajatlarini optimallaştiriş maqsadida qabul qilingan.
Qaror bilan davlat idoralari, qömitalari, prezidentning viloyatlardagi vakolatxonalari, şuningdek, mahalliy hokimiyat organlari xodimlarining iş haqini oşirişga taqiq joriy etildi. Şuningdek, davlat organlarining ştatini kengaytirişga ham taqiq joriy etilgan.
Şu bilan birga, davlat xizmatçilarining iş haqini, şuningdek, ştat tarkibini özgartiriş alohida hollarda davlat rahbarining maxsus qarori bilan amalga oşirilişi mumkin.
Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini nazorat qiliş boşqarmasi moratoriyning amal qilişini nazorat qilişi şart.








