9 sentabr kuni Turkiyaning Trabzon şahrida Özbekiston faxriy konsulxonasi oçildi.

Özbekiston elçixonasi xabariga köra, faxriy konsulxona Trabzon viloyat hokimligi (vakillik) binosi qarşisida joylaşgan. Şu paytgaça bunday vakolatxona mamlakatning Bursa, Adana, Antaliya viloyatlarida bölgan.

Yangi faxriy konsulxona tegişli hududdagi fuqarolar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilişga kömaklaşiş barobarida, Trabzon va mamlakatimiz viloyatlari örtasidagi savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqadi, deyiladi ma’lumotda.

Faxriy konsullik — bu davlatlar örtasidagi savdo, madaniy va diplomatik aloqalarni rivojlantiriş maqsadida oçiladigan vakolatxona.