Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 sentabr kuni Toşkentda Olimpiya şaharçasi qurilişining borişi bilan tanişdi.
Yirik sport majmuasi 2025 yil yurtimizda bölib ötadigan yoşlar örtasida Osiyo va Paraosiyo öyinlari uçun qurilmoqda. Musobaqalar Xalqaro Olimpiya qömitasi tomonidan tan olingan 29 ta sport turi böyiça ötkaziladi. Ularda qit’amizning 45 ta davlatidan 3 mingdan ziyod sportçi iştirok etişi kutilmoqda.

Ta’kidlanişiça, 100 gektar maydonga yoyilgan Olimpiya şaharçasida bularning barçasi uçun şaroit böladi. Bugungi kunda asosiy inşootlarda jadal quriliş ketmoqda. Xususan, 12 ming örinli olimpiya stadioni, har biri 2 mingdan tomoşabinga möljallangan velodrom, suv sporti saroyi, yakkakuraşlar va jamoaviy öyinlar majmualari qad kötargan.
Davlat rahbari uşbu inşootlarda bölib, qurilişning borişini közdan keçirdi. Mutasaddilar oçiliş marosimi va musobaqalar paytida bölajak şaroitlar yuzasidan axborot berdi.
Şavkat Mirziyoyev qulaylik va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Bu jarayonlarni yuqori darajada raqamlaştiriş, sun’iy intellekt vositalaridan keng foydalaniş lozimligini ta’kidladi.
Olimpiya şaharçasida, şuningdek, futbol, voleybol, tennis, çim ustida xokkey, yengil atletika kabilar böyiça 15 ta oçiq maydon böladi. Muzey va ofislarni öz içiga olgan ma’muriy bino, boğlar, sun’iy köl barpo etiladi.
Prezidentimiz majmua bunyodkori - Xitoyning «CAMC Engineering» kompaniyasi mutasaddisi bilan suhbatlaşdi.

Ta’kidlanişiça, Osiyo öyinlaridan keyin Olimpiya şaharasidan samarali foydalaniladi. Sport vazirligi, Antidoping agentligi, Davlat sport akademiyasi, Jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqotlar instituti, Sport turlarini rivojlantiriş markazi şu yerda joylaşadi. Professional sportçilarni tayyorlaş va mahoratini oşiriş böyiça maşğulotlar ötkaziladi. Hududiy sport taşkilotlarining şaharça infratuzilmasidan foydalanişi yölga qöyiladi.















