Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 sentabr kuni Toşkent şahrining Yangi Özbekiston köçasidagi quriliş va obodonlaştiriş loyihalari bilan tanişdi.
Qayd qilinişiça, uzunligi 11 kilometr, eni 86 metr bölgan bu köça sönggi yillarda eng katta yöllardan biriga aylandi. Şaharning kengayişi va Toşkent viloyatining turizm salohiyatidan kelib çiqilsa, uning kelajagi ham istiqbolli.
Davlat rahbari qaroriga asosan, Yangi Özbekiston köçasida işbilarmonlik markazi qurilişi va yöli böyi infratuzilmasi rivojlantirilişi belgilangan edi. Unga muvofiq, direksiya tuzilib, me’moriy konsepsiya işlab çiqildi. Loyihaga köra, köçaning ikki tomonida milliy ruhga uyğun zamonaviy turar joylar, mehmonxona, savdo va xizmat körsatiş majmualari quriladi. Sayilgoh va köngiloçar maskanlar, piyoda va velosiped yölakçalari taşkil etiladi.

Bu yerda «Toşkent-Şarqiy» aeroporti va Olimpiya şaharçasi ham qurilmoqda. Prezident uşbu inşootlar atrofini hamda ularga olib boruvçi yöl böyini kökalamzorlaştiriş böyiça körsatma bergan edi.
Bu galgi taşrif çoğida şu boradagi landşaft dizayni takliflari körib çiqildi. Unga köra, Yangi Özbekiston köçasining ikki tarafi yanada obod qilinadi. Çinor, eman, lola daraxti, katalpa, pisardiya, kiparis, hind nastarini, lavanda, Suriya atirguli kabi daraxt va butalar dekorativ şaklda ekiladi. Aeroport oldida ikkita favvora barpo etiladi. Umuman, bu hudud Toşkentning «yaşil belboği»ning bir qismi böladi.
Davlat rahbari landşaft kompozitsiyasi böyiça öz tavsiyalarini bildirdi. Bu yerda ekologiya, sifat va madaniyat uyğunlaşişi kerakligini ta’kidladi.








