12 sentabr kuni Toşkent şahrida Özbekiston va Turkiya taşqi işlar, içki işlar vazirlari hamda xavfsizlik xizmati rahbarlari örtasida muzokaralar bölib ötdi. Bu haqda Turkiya taşqi işlar vazirligi xabar berdi.

Uçraşuvda Özbekiston tarafda taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov, içki işlar vaziri Pölat Bobojonov hamda Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizovlar qatnaşgan.

Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan, içki işlar vaziri Ali Yerlikaya va Milliy razvedka taşkiloti direktori Ibrahim Kalin uç tomonlama formatdagi muzokaralarning mehmoni bölgan.

Uçraşuvda mintaqaviy muammolar bilan bir qatorda terrorizm va ekstremizm, tartibsiz migratsiya va kontrabandaga qarşi birgalikda kuraşiş yöllari muhokama qilindi. Şuningdek, muzokaralar yakunida ikki davlat örtasidagi aniq hamkorlikni institutsionallaştiriş va tizimli davom ettiriş böyiça «Yöl xaritasi» imzolandi.

«Yöl xaritasi» siyosiy hamkorlik va parlament diplomatiyasi sohalarida amalga oşirilişi lozim bölgan aniq qadamlar: savdo, iqtisodiyot va investitsiyalar, mudofaa, xavfsizlik va içki işlar hamda madaniy-gumanitar sohalarni öz içiga oladi, deyiladi Turkiya TIV xabarida.

Avvalroq, Toşkentda Turkiya va Özbekiston taşqi işlar vazirlari örtasida uçraşuv bölib ötgani xabar berilgan edi.

Turkiya rasmiy doiralari bugun, şuning Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev qabulida ham böladi. Prezident matbuot xizmatiga köra, uçraşuvda ikki mamlakat yetakçilarining qarorlarini amalga oşiriş, xavfsizlik uçun zamonaviy tahdid va xatarlarga qarşi kuraşda özaro muvofiqlaşuv va amaliy hamkorlikni kuçaytiriş masalalari diqqat markazida böladi.