Joriy yilgi saylovlarda iştirok etuvçi siyosiy partiyalar tomonidan muhim taşabbuslarning ilgari surilişi bölajak saylovlarning qizğin kuraşlar ostida keçişini ta’minlaydi. Jumladan, Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi xususiy sektordagi iş beruvçilarni mehnat qonunçiligidagi xodim oldidagi majburiyatlarini soddalaştiriş taşabbusini ilgari surmoqda.

Foto: ÖzLiDep 

Xususiy sektor köplab yangi iş örinlari yaratiş orqali iqtisodiyotni rivojlantiradi. 2023 yil holatiga köra, Özbekistonda jami işga joylaşgan xodimlar soni 5,5 mln nafarni taşkil etadi, şundan, davlat taşkilotlarida 2,2 mln, xususiy sektorda esa 3,3 mln kişi band bölgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, xususiy jabhadagi iş beruvçilar uçun mehnat qonunçiligidagi talablarni soddalaştiriş va amaliy yeçimlar beriş muhim ahamiyatga ega.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 25-moddasida iş beruvçining 19 ta majburiyatlari körsatilgan. Qonunçilikdagi murakkablik va tomonlarning uni töğri tuşunmasligi xususiy sektordagi iş beruvçilar uçun muammolar tuğdirmoqda. Bu murakkabliklarni bartaraf etiş uçun qonunçilikda belgilangan iş beruvçining majburiyatlarini xususiy sektordagi iş beruvçilar manfaatlari yölida soddalaştiriş lozim.

Xususiy sektordagi iş beruvçilarni mehnat qonunçiligidagi xodim oldidagi majburiyatlarini soddalaştiriş ham iş beruvçilar, ham xodimlar uçun foydalidir. Mehnat qonunçiligining aniq va tuşunarli bölişi xususiy sektorning rivojlanişiga hissa qöşadi.