Ma’lum qilinişiça, uşbu şaxs Özbekiston Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi birinçi qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda. Jinoyat işi qözğatilganidan söng u mamlakat hududini tark etib, uzoq vaqt xorijda yaşiringani sababli Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvga berilgan.

Interpolning Toşkent va Varşava Milliy markaziy byurolari muvofiqlaştirilgan harakatlari hamda Özbekistonning Polşadagi elçixonasi vakili iştirokida qidiruvdagi şaxsning turgan joyi aniqlandi. Şundan söng xalqaro hamkorlik va ekstraditsiya tartib-taomillari doirasida u Interpolning Özbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlariga topşirildi.

Qayd etilişiça, mazkur ekstraditsiya ikki davlat vakolatli organlari örtasidagi samarali hamkorlik hamda xalqaro politsiya tizimining jinoiy ta’qibdan yaşirinib yurgan şaxslarni aniqlaş va javobgarlikka tortiş borasidagi samaradorligini yana bir bor namoyon etdi.

Interpolning Özbekistondagi Milliy markaziy byurosi mamlakat taşqarisiga çiqib ketiş qidiruvdagi şaxslarga jinoiy javobgarlikdan qoçiş imkonini bermasligini, xalqaro politsiya hamkorligi orqali ularni aniqlaş, uşlaş va Özbekistonga qaytariş böyiça zarur çoralar izçil amalga oşirilişini ta’kidladi.