Şu kunlarda Özbekiston Bojxona qömitasi raisi Akmalxuja Mavlonov Vaşingtonda AQŞning Bojxona çegara xizmati komissari Troy Miller bilan ikki tomonlama uçraşuv ötkazdi. Bu haqda qömita matbuot xizmati xabar berdi.

Uçraşuvda Özbekiston—AQŞ bojxona xizmati rahbarlari bojxona sohasidagi hamkorlikning muhim huquqiy asosi — «Hamkorlik va özaro yordam töğrisida»gi bitimni imzolagan.

«Özaro munosabatlarda yangi sahifa oçuvçi mazkur hujjat Özbekiston va AQŞ örtasida bojxona sohasida axborot almaşiş imkonini beradi va giyohvand moddalar savdosi, odam savdosi, transmilliy jinoiy guruhlar, jinoiy daromadlarni legallaştiriş, bojxona tölovlaridan böyin tovlaşga qarşi kuraşişda hamkorlikning yanada mustahkamlanişiga xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, AQŞ bojxona sohasida hamkorlikni nazarda tutuvçi bu kabi ikki tomonlama bitimlarni dunyo böylab 200 ga yaqin davlatlar içida atigi 17 ta davlat bilan imzolagan bölsa, Özbekiston bu röyxatda 18-davlat sifatida qayd etilmoqda.

Muzokaralarda, şuningdek, AQŞ çegara va bojxona xizmatining targetlaş böyiça mutaxassislarini Özbekistonga jalb qiliş, özbekistonlik mutaxassislarning AQŞda malaka oşiriş imkoniyatlari atrofliça körib çiqilgan.

Ma’lumot uçun, Özbekistonning AQŞ bilan tovarlar taşqi savdosi sönggi olti yilda 48 foizga oşgan. Joriy yilning sakkiz oyida bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 64 foizga ösgan.