Vladimir Putin Rossiya Qurolli Kuçlari ştatini yana 180 mingtaga oşirişga oid qarorni imzoladi. Joriy yilning 1 dekabridan kuçga kiradigan hujjatga muvofiq, mamlakat Qurolli Kuçlarining ştati 2 million 389 mingdan oşmoqda.

Qayd etilişiça, ularning 1,5 million nafari harbiy xizmatçilar hisoblanadi. Rossiya Ukrainaga qarşi uruş boşlaganidan beri Putin qurolli kuçlar kuç tuzilmalaridagi ştatlarni 2022 yil avgustda va 2023 yil dekabrda oşirgan edi. Birinçi marta harbiy xizmatçilar soni 137 ming kişiga, ikkinçisida esa 170 ming kişiga oşirilgan.

Uruş boşlanişidan oldin Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuçlari tarkibidagi harbiy xizmatçilar soni 1 million 13 ming 628 kişini taşkil etgan.

2024 yil 13 avgust kuni Bloomberg agentligi öz manbasiga tayanib, Rossiya hukumati harbiy xizmatçilar yetişmovçiligi sabab yangi safarbarlik tölqinini e’lon qilişi mumkinligi haqida yozgandi. Kreml va Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin uç manbaning sözlariga köra, Rossiya şu orqali Ukrainaga qarşi uruşdagi yöqotişlarni qoplaş niyatida.

Öz navbatida Putin iyun oyida ötkazilgan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Rossiyada yangi safarbarlikni boşlaş közda tutilmaganini ma’lum qilgandi. Uning sözlariga köra, jangovar harakatlarda iştirok etayotgan mavjud kontingent maqsadlarga tezda erişiş uçun yetarli emas, ammo hozir Rossiya armiyasi qömondonligi boşqaça taktikaga amal qilmoqda.