«Keyin, va’da berganimdek, biz qismlarni uruşga tayyorlaş uçun maqsadli safarbar qilamiz. Uruş bölmasligini Xudodan iltijo qilamiz», dedi Lukaşenko mudofaa vaziri Viktor Xrenin bilan uçraşuv çoğida.
Armiyaning tayyorgarligi haqidagi ma’ruza çoğida Lukaşenko kamçiliklarni bartaraf etişni talab qildi.
«Men uşbu jarayon tugamasligiga, armiya rahbariyati va birinçi navbatda vazir uşbu tekşiruvdan keyin aniqlangan kamçiliklarga jiddiy e’tibor qaratişiga umid qilaman», dedi davlat rahbari.

Mart oyi oxirida mudofaa vaziri Viktor Xrenin Belarus kuçayib borayotgan taşqi tahdidlar fonida tekşiruvlar kölamini oşirayotganini ma’lum qilgan edi. Uning sözlariga köra, 11 mart kuni boşlangan jangovar va safarbarlik tayyorgarligini kompleks tekşiriş armiya tarixidagi eng keng kölamli tekşiruvlardan biri böldi.
Uning doirasida 5 mingga yaqin harbiy xizmatga majburlar zaxiradan çaqirildi. Aprel oyida Lukaşenko uşbu tekşiruv yakunlari böyiça yiğilişda şunday dedi:
«Biz uruşga tayyorgarlik köryapmiz... Biz uruşni xohlamaymiz, ammo armiya aynan şunga möljallangan. Mabodo kimdir biz bilan gaplaşişga va bizga qurol nişoni orqali qaraşga qaror qilsa, biz javob beramiz. Biz şunga tayyorgarlik köryapmiz».
U, şuningdek, agar uruş bölsa, Belarus qöşinlar sonini yarim milliongaça oşirişi mumkinligini aytdi.

Ötgan yilning mart oyida Lukaşenko «Davlat organlari va boşqa taşkilotlarni uruş şaroitida işlaşga ötkaziş töğrisida»gi farmonni imzolagan edi. Farmon uruş davrida davlat organlari işini muvofiqlaştiradi va zarurat tuğilganda rahbarlariga harbiy unvonlar berilişi mumkin bölgan bir qator taşkilotlarni belgilaydi.
«Farmonning çiqarilişi harbiy tahdid kuçaygan davrda va uruş davrida davlat apparatining tizimli va uzluksiz işlaşini ta’minlaş imkonini beradi», degan edi Lukaşenko matbuot xizmati.








