Oxirgi 30 yildan beri Toşkentning drenaj tizimi qarovsiz qoldirilgan, buni 1-2 yilda soz holatga olib keliş qiyin, deydi Raqamli rivojlaniş departamenti direktor örinbosari Kamoliddin Fayzullayev. Uning sözlariga köra, bu borada turkiyalik konsultantlar bilan hamkorlikda 25 yilga möljallangan master reja işlab çiqilmoqda.
Har yomğirli kunlarda poytaxtning ayrim köçalari kölmakka aylanib, suv bilan töladi. Bunday holat deyarli har yili kuzatilyapti, ayniqsa oxirgi 3 yilda yaqqol közga taşlanib, noqulaylik tuğdiradigan vaziyatga keldi. Oldinda özbekistonliklarni yoğingarçilik mavsumi kutmoqda.
Xöş, Toşkentni yana suv bosadimi? Buning oldini oliş uçun nimalar qilinadi yoki qilinyapti? Kun.uz şu haqda ma’lumot oliş uçun Toşkent şahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlaniş departamenti direktori örinbosari Kamoliddin Fayzullayev bilan suhbatlaşdi.
“25 yil davomida ta’mirlanmagan tizimni 1-2 yilda soz holatga olib keliş qiyin”
Uning aytişiça, bu mavsumda ham Toşkentni suv bosişi mumkin, balki, aniq hamdir.
“Çunki şunça yillar: 1995-2000 yillar boşidan beri bu narsa qarovsiz qoldirilgan. Toşkentda 5 mlndan oşiq odamlar yaşasa, turar joy binolarida yaşovçi odamlarning turli infratuzilmalardan foydalanişi bu kabi tizimlarning işdan çiqişiga sabab böladi. Suv tuzilmalari orasida eng tez işdan çiqişi mumkin bölgan turi yomğir suvini olib çiqib ketadigan tizim hisoblanadi. Çunki yomğir istalgan hududga yoğadi. Uni köçaga olib çiqiş uçun taşkil qiliş murakkab hisoblanadi va bu tuzilmalarni ta’mirlaş hamda quriş ança katta mablağni talab qiladi. 25 yil davomida ta’mirlanmagan tuzilmalarni 1 yoki 2 yilda soz holatga olib keliş qiyin.
Bu infratuzilmalarga bölgan talabning susayişiga sabab ham bu masalaning ikkilamçi öringa çiqqani bölsa kerak. Drenaj tizimlarining ustiga uylar qurilmoqda yoki vaqtida ta’mirlanmayapti.
Şuningdek, uyga köçib borayotgan xonadon egasi birinçi uydagi elektr va isitiş tizimlariga e’tibor beradi. Yomğir suvlari olib çiqib ketiladigan tuzilmalarga keyinçalik e’tibor qaratişi mumkin. Şuningdek, bu tizimlar xonadon egasi yoki fuqaroga yiliga 15 kun yoki 1 oy kerak bölişi mumkinligi uçun ham bu masalaga bölgan talab pasaygan bölsa kerak.
Bu borada vaziyatni [muammoni] minimallaştiriş uçun bir neça işlar amalga oşirilmoqda. 45 ta xonadonga trubalar, lotoklar örnatildi va şu paytgaça bölgan muammolarga e’tibor qaratildi. Lekin bu degani barça muammolar töliqligiça bartaraf qilindi degani emas. Çunki kuzda intensiv yomğir yoğadigan bölsa, bu narsa suv toşqini sodir bölişiga olib kelişi mumkin. Şu sababdan bir tomondan bular tabiatga ham boğliq hisoblanadi. Bular suv toşqinini minimal darajada kamaytiriş uçun olib borilgan işlar hisoblanadi, töliqligiça suv toşqinlarini bartaraf etuvçi emas. Hozirda bizga boğliq bölgan infratuzilmalarni takomillaştirişga aloqador işlar amalga oşirilmoqda.







