Livandagi aloqa va elektron qurilmalarning ommaviy portlaşlari tinç aholiga muqarrar va jiddiy zarar yetkazilişi sababli qabul qilinişi mumkin emas, deyiladi Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrelning 18 sentabr, çorşanba kuni e’lon qilingan rasmiy bayonotida.
Bunday hujumlardan maqsad, Borrelning fikriça, Livanda terror uruğini ekişga urinişdir. «Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Inson huquqlari böyiça Oliy komissari Folker Turkning voqeani baholaşiga qöşilaman va mustaqil tergov ötkazişga çaqiraman», dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari hamda Yevropa Ittifoqi «tinçlikni qöllab-quvvatlaş uçun qölidan kelganini qilişda davom etişi»ni qöşimça qilib ötdi.
Livanda «Hizbulloh» peyjyer va ratsiyalari portlaşi
Ikki kun davomida butun Livan böylab «Hizbulloh» jangçilari foydalanadigan peyjyerlar, ratsiyalar va radiostansiyalarning katta portlaşlari sodir böldi. Umuman olganda, mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, gadjetlar portlaşlari oqibatida kamida 26 kişi halok bölgan, 3500 dan ortiq kişi jarohatlangan.
Rasmiy Bayrut va «Hizbulloh» harakati vakillari voqeada Isroilni aybladi. U qilgan işlari uçun «loyiq jazo» olişiga va’da berildi. Reuters manbasining ta’kidlaşiça, peyjyerlar Isroil razvedka xizmati «Mossad» tomonidan «işlab çiqariş bosqiçida» özgartirilgan. Sky News Arabia manbalariga köra, qurilmalarda detonator qopqoqlarini jihozlaş uçun işlatiladigan azot kislotasi efirini öz içiga olgan portlovçi modda - pentaeritrittetranitrat bölgan. Taxminlarga köra, portlaşlar «Mossad» akkumulyatorlar haroratini masofadan oşirganda sodir bölgan.
Yaqin Şarqdagi keskinlaşuv
2023 yil 7 oktyabr kuni ertalab Hamasning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
Hamasning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida Hamasga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.








