Klasterlar istagi, hukumatning qöllovi va ma’muriy bosimlar ostida paxtani fermerlardan sotib oliş narxi pasaytirilmoqda. Agrobiznes assotsiatsiyasi rahbari Kamoliddin Ikromovga köra, köplab fermerlar qilgan xarajatlariga kuyib qolyapti. Iqtisodçi Otabek Bakirovning aytişiça, birgina notöğri qaror avvalgi davrni eslatuvçi uzun muammolar zanjirini yaratmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda terimçilar paxta dalalarida paxta terişdan boş tortayotgani haqida videolar tarqalyapti. Bunga paxta narxi tuşib ketgani vaji bilan klasterlar fermerlar bilan yil boşida tuzilgan şartnomalarni fermerlar zarariga özgartirişni talab qilayotgani sabab bölyapti. Hukumat esa fermerlarga emas, klasterlarga subsidiya bilan yordam berişga qaror qildi. Mutaxassislar davlatning fermerlar va klasterlar munosabatiga aralaşuvi boşqa jiddiy muammolarni tuğdirayotganini aytyapti. Kun.uz masalani tahlil qiliş uçun iqtisodçi Otabek Bakirov va Agrobiznes assotsiatsiyasi rahbari Kamoliddin Ikromov bilan suhbatlaşdi.

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda paxta dalalarida terimçilar paxta terişdan boş tortayotgani aks etgan videolar tarqalyapti, çunki terimçilarga ötgan yilgidan ham kamroq pul – kilogrammiga 1600 sömdan tölanyapti. Masalaning ildizi şundaki, fermerlar va klasterlar örtasida yil boşidan tuzilgan şartnomalarda paxta narxlari 7 800-8 000 söm atrofida şakllangan, paxta kotirovkalari 6 500-7 000 sömgaça pasayib ketişi oqibatida esa klasterlar fermerlarni qayta şartnoma tuzişga majburlanyapti. Kun.uz’ga murojaat qilgan fermerlar qayta şartnoma tuzişga majburlanayotgani, bosimlar bölayotgani va klasterlar paxta pulini vaqtida tölamayotganidan şikoyat qilmoqda.

– Kamoliddin aka, bir neça kun oldin joriy yilgi paxta narxlari böyiça hukumat qarori qabul qilindi. Avvalo mana şu qarordagi asosiy nuqtalarga töxtalib ötsak.

– 574-sonli hukumat qarorida [jahon bozorida] paxta narxlari tuşib ketgani uçun minimal narxlar [7800 sömdan] 6800 sömga özgartirildi. Lekin u qöşimça kelişuv uçun narx böldi. Aslida bu fevralda tuzilgan fyuçers şartnomalari özgartirilişi kerak degani emas. Hujjatda bunaqa narsa yozilmagan. Avgust oyida ayrim klasterlar bosim bilan fermerlardan qöşimça kelişuv qilib, 6000 sömdan, hatto undan ham arzon şartnomalar qilgan. Bizga şuning oldini oliş uçun 6800 söm deb belgilandi, degan ma’lumot keldi.

Joylarda fermerlarga bosimlar bölyapti. Qaşqadaryo, Surxondaryo va Farğona viloyatlarida köp fermerlar bilan örtaça