Şimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerida – Myonxengladbax, Duysburg va Krefeld şaharlarida, şuningdek, Firzen, Xaynsberg va Noys okruglarida joylaşgan oziq-ovqat diskaunterining ön bir şoxobçasida banan qutilaridan paketlarda jami 95 kilogramm kokain topildi. Bu haqda prokuratura va Myonxengladbax politsiyasi 23 sentabr, duşanba kuni xabar berdi.

Huquq-tartibot idoralari qora bozorda topilgan kokain partiyasi qiymatini 7 million yevrodan ortiqroqqa baholamoqda. Ma’lum bölişiça, narkotik solingan paketlar bölgan banan partiyasi Janubiy Amerikadan kelgan. Politsiya va prokuratura bu partiya notöğri tarzda supermarketlar tarmoğiga tuşib qolgan, deb hisoblayapti, uning nomi idoralar qöşma press-relizida keltirilmagan. Kokain kontrabandasi holati yuzasidan tergov davom etmoqda. Hozirda mavjud ma’lumotlarga köra, banan partiyasi dastlab dengiz orqali Antverpen portiga yetib kelgan.

Kokain dökondan 10 sentabr kuni topilgan

Press-relizda aytilişiça, politsiya 10 sentabr kuni Myonxengladbaxdagi ikkita dökonda meva qutilarida şubhali paketlar borligi haqida xabar olgan.

Germaniyada banan qutilaridan kokain birinçi marta topilayotgani yöq. Şunga öxşaş hodisa 2015 yilda — supermarketlar tarmoğida va xuddi şu federal yerda, şuningdek, qöşni Quyi Saksoniyada sodir bölgan. Gap bitta çakana savdo tarmoği haqida ketyaptimi yoki bu safar narkotik boşqa dökonlardan topilganmi, hozirça noma’lum.