Hindistonning Çxattisgarx ştatida yaşin urişi oqibatida sakkiz kişi, jumladan, olti nafar bola halok böldi. Bu haqda mamlakat rasmiylariga tayanib Ani agentligi xabar berdi.
«Yomğir vaqtida Jorataray qişloğida sakkiz kişini yaşin urdi. Ularning olti nafari maktabdan qaytayotgan öquvçilar bölsa, uç nafari esa daraxt ostida panada turgan. Yaşin urişi oqibatida sakkiz kişi halok bölgan. Amaldorlar hodisa joyiga yetib kelgan. Bir kişi tabiiy ofat oqibatida jarohat olgan», — deydi okrug mas’uli Sanjay Agarval.
Qayd etilişiça, sentabr boşida ham uşbu ştatda yaşin urişi oqibatida yetti kişi halok bölgan va uç kişi jarohat olgan. Politsiya superintendanti Abxişek Singxning sözlariga köra, köngilsiz hodisa jarbrlanuvçilar kuçli yoğingarçilik vaqtida, daladan uyga qaytayotganida sodir bölgan.
Marhumlarning eng kiçi 18 yoşda, eng kattasi esa 40 yoşda bölgan.
Eslatib ötamiz, 2024 yilning iyun oxirlarida Qozoğistonning Atirau viloyati Miyali qişloğida Özbekiston fuqarosi yaşin urişi oqibatida halok bölgandi. Tergov jarayonida u Qozoğistonga bir oy avval kelgani va Miyali qişloğida yaşovçi fuqaroning uyida vaqtinça röyxatga olingani aniqlangan. Uning jasadi közdan keçirilganda, tan jarohatlari aniqlanmagan, u sud-tibbiy ekspertiza ötkaziş uçun tuman şifoxonasi ölikxonasiga yetkazilgan.








