“Kambağallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oşiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Jamoat işlari jamğarmasi, Hunarmandçilik va kasanaçilikni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş jamğarmasi negizida Kambağallikni qisqartiriş davlat maqsadli jamğarmasi taşkil etiladi.
2025 yil uçun uy-joy va ipoteka bozorini rivojlantiriş dasturi doirasida ajratiladigan subsidiyalar sonini 1,2 baravarga oşiriş nazarda tutiladi.
2024–2025 yillarda tajriba tariqasida oğir ahvoldagi oilalarni kambağallikdan çiqariş maqsadida joylardagi taşkilotlarining 14 mingta rahbarlari va ularning örinbosarlarining har biriga har 6 oyda 5 tadan eng oğir ahvoldagi kambağal oilalar biriktiriladi.
2025 yil 1 apreldan:
- Samarqand va Toşkent şaharlarida eksperiment tariqasida autsorsing asosida Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan boquvçisini yöqotgan töliq bölmagan oilalar, mehnatga layoqatli a’zosi bölmagan oilalar, ikki va undan ortiq nogiron a’zolari mavjud oilalardagi özgalar parvarişiga muhtoj şaxslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turiş xizmati körsatiladi;
- ijtimoiy yetimlikning oldini oliş, yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga individual yondaşuv asosida oilaga yaqin muhitda ğamxörlik körsatiş hamda tarbiyalaş xizmatini körsatiş maqsadida mahallalarda oila şaklidagi kiçik hajmli bolalar uylari taşkil etiladi;
- YaTT sifatida röyxatdan ötgan jismoniy şaxslarga alohida ta’lim ehtiyojlari bölgan bolalarning kunduzgi parvariş xizmatlarini hamda yuridik şaxslarga nogironligi bölgan bolalar, şu jumladan, alohida ta’lim ehtiyojlari bölgan bolalar uçun kunduzgi parvariş xizmatlarini davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida körsatişga ruxsat beriladi.








