Fransiyada söroqqa tutilgan paytda Pavel Durov tergovçilarga yiliga atigi bir dirham işlab topişini aytgan. Bu haqda Le Monde gazetasi Telegram asosçisining turmuş tarzi va moliyaviy ahvoliga bağişlangan maqolasida yozdi.
Durovning yillik maoşi haqidagi bayonoti fransuz tergovçilarini hayratda qoldirdi, deyiladi materialda. Dirham —Durov sönggi yillarda yaşagan Birlaşgan Arab Amirliklarining pul birligi. Bir dirham taxminan 3 488 söm yoki 27 sentga töğri keladi.
Naşrning xabar berişiça, Durovga nisbatan ehtiyot çorasini belgilaş böyiça sud majlisida Parij prokuraturasi Telegram asosçisiga 20 million yevro miqdorida garov qöyişni talab qilgan. Biroq yakunda sudya garov summasini beş million yevrogaça kamaytirişga qaror qilgan.
Le Monde garov miqdori juda past tuyulayotganini ta’kidladi — ayniqsa, 2023 yilda Durov Dubaydagi xayriya kimoşdi savdosida eksklyuziv avtomobil raqami uçun 8,5 million yevro taklif qilgani haqidagi ma’lumot fonida bu summa e’tiborni tortmoqda. Maqolada aytilişiça, Telegram asosçisining umumiy boyligini turli manbalar töqqiz milliard dollardan 15,5 milliard dollargaça deb baholamoqda.
Pavel Durov avgust oyining oxirida Parij aeroportida qölga olingandi. U uyuşgan jinoyatçilik bilan boğliq jinoyatlarda, jumladan giyohvand moddalar va bolalar pornografiyasini tarqatişda iştirok etganlik hamda vakolatli organlarga ma’lumot berişdan boş tortganlikda ayblandi.
Politico naşrining yozişiça, Durovga nisbatan tergov Telegram rahbariyati Fransiya rasmiylarining bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlik işi böyiça söroviga javob bermaganidan keyin boşlangan.
Hibsga olinganidan keyin bir neça kun ötgaç, Durov garov evaziga qöyib yuborildi.











