Isroil maxsus xizmatlari tomonidan Livanda “Hizbulloh”ga qarşi peyjyer, ratsiya kabi elektron qurilmalarning portlatilişi zamonaviy uruşlarning boşqa bir yangi şakliga yaqqol misol böldi. Ammo bunday operatsiyalarni Isroil birinçi marta ötkazayotgani yöq. Mavzu borasida siyosiy tahlilçilar Şavkat Ikromov va Fazliddin Madiyev öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Şavkat Ikromovning sözlariga köra, xalqaro uruş qonunçiligida “Bubi tuzoği” degan tuşunça bor. Bunda turli yonuvçi moslamalar yoki öyinçoqlarga masofadan turib boşqariluvçi bombalar örnatiladi va şu orqali duşmanga tizimli va maqsadli hujum qilinadi. Bu uruş qonunçiligiga köra bahsli masala, lekin ayrim örinlarda bunga ruxsat beriladi. Bu jarayon töğridan töğri uruş sifatida baholanmaydi, balki qörqitiş usuli sifatida qaraladi. Bu kabi holatlar Isroil tarixida avval ham bölgan, deydi u.
17 sentabr kuni “Hizbulloh” tomonidan tezkor aloqa uçun foydalaniladigan peyjyerlarda qator portlaşlar sodir böldi. Ertasi kuni ratsiyalar ham portlatilgan. Portlaşlar oqibatida kamida 37 kişi halok bölgan va uç mingga yaqin inson jarohatlangan. The New York Times naşriga köra, Eronning Livandagi elçisi Mojtaba Amani bir kun oldin peyjyer portlaşi oqibatida bir közidan ayrilgan, ikkinçi közi esa jiddiy şikastlangan.
Fazliddin Madiyevning qayd etişiça, bu voqealardan keyin livanliklar barça texnik qurilmalar, oddiy quloqçindan tortib elektr tokida suv qaynatuvçi çoynakkaça portlaşi mumkin deb hisoblaşmoqda. Bu borada tekşiruvlar amalga oşirilmoqda, lekin Livanda boşqa portlaş bölmasligiga heç qanaqa kafolat yöq, deydi u.
OAVga köra, “Hizbulloh” tomonidan öz a’zolari uçun buyurtma qilingan 5000 peyjyerdan iborat yangi partiya içiga oz miqdorda portlovçi moddalar örnatilgan. Bu Tayvan, Yaponiya yoki Vengriyada qilingani haqida taxminlar tarqalgandi, bu mamlakatlarda ayblovlar rad etildi.
Butun dunyo Isroilning masofadan turib aloqa vositalarini portlatganidan hayratda, biroq 1998 va 2000 yillarda ham livanliklar Isroil tomonidan bolalar öyinçoqlarining içiga portlovçi moddalar joylagani haqida BMTga arz qilişgan.
Fazliddin Madiyev Isroilning texnologik operatsiyalari haqida söz yuritarkan, Erondagi uranni boyitiş dasturiga masofadan turib yetkazilgan katta zarar Tehronning bu dasturini 10 yillarga keçiktirib yuborganini aytadi.
NormuhammadAli suhbatlaşdi.








