26 sentabr kuni Olmazor tumani, «Beruniy» metro bekatida turgan avtobusda 63 yoşli erkak vafot etdi. Bu haqda Toşkent şahri IIBB xabar berdi.

Qayd qilinişiça, soat taxminan 11.20 larda «Beruniy» metro bekatida turgan avtobusda yölovçining (1961 yilda tuğilgan) soğliği yomonlaşib qolgan. Yölovçiga havo yetmagani sababli avtobusdan taşqariga olib çiqilgan va tez tibbiy yordam çaqirilgan. Biroq yölovçi tez tibbiy yordam maşinasi kelguniga qadar vafot etgan.

Holat yuzasidan tekşiruv ötkazilayotgani ta’kidlanmoqda.

Toşkent şahri IIBB YHXB erkak transport vositasi urib yuborgani tufayli vafot etgani haqida tarqalgan xabarlarni rad qildi.