Volodimir Zelenskiy “ğalaba rejasi”ni AQŞ elitasiga taqdim etiş uçun Amerikaga bordi. Uning aytişiça, reja 5 ta banddan iborat, şundan 1 tasi uruşdan keyingi davr haqida böladi. Xöş, Kiyevning bu rejasi qançalik real? Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar şu haqda söz yuritdi.

Ğarbdagi naşrlar Ukrainaning “ğalaba rejasi”da syurprizlar yöqligini yozmoqda. Zelenskiyning özi bu reja Ukrainaning xavfsizligi, geosiyosiy pozitsiyasi, çeklovlarsiz foydalaniş mumkin bölgan xorijiy harbiy yordam va iqtisodiy kömakni nazarda tutişini aytgan.

Tahlilçi Şuhrat Rasulning sözlariga köra, Ukraina tomonidan ilgari surilayotgan “ğalaba rejasi” – yaqin 3 oyliklarda paydo bölgan narsa. Bu rejaning tuğilişi Ukraina qöşinlari Rossiyaning Kursk oblasti hududlarini egallab olişi bilan boğliq bölişi mumkin. “Çunki bungaça Ğarbda ikkala tomon ham bir-birini yenga olmaydi, uruşni töxtatiş kerak degan dunyoqaraş şakllanib qolgandi. Kursk frontining oçilişi vaziyatni boşqa tomonga burib yubordi”, – deydi u.

Tahlilçi Oybek Sirojov “ğalaba rejasi”ning OAVda aytilayotgan bandlarini sanab ötdi: Ukrainaning NATOga a’zolik jarayoni boşlanişi yoki NATOga a’zo davlatlar darajasidagi xavfsizlik kafolatini olişi, Ukrainaga eng zamonaviy qurollar berilişi, Kurskdagi harbiy harakatlarning Ğarb tomonidan qöllab-quvvatlanişi, Ukrainaning iqtisodiy jihatdan, şu jumladan uruşdan keyin qöllab-quvvatlaş.

“Ukraina uçun ğalaba – 1991 yilgi çegaralarga çiqiş. Lekin “ğalaba rejasi” deyilayotgan rejada çegara masalasi yöq. Bu, nazarimda, Ukrainaning “ğalaba rejasi” emas, köproq Ğarbning, AQŞning “ğalaba rejasi”. Bu yondaşuvga köra, Rossiyaning içkari hududlariga raketa zarbalari beriladi, şundan keyin Rossiya jamiyati va elitasi Putinga yoki siyosiy elitaga bosim ötkazişi, söng Putin yon berişga, sulh tuzişga majbur bölişidan umid qilinadi”, – deydi Sirojov.

Kamoliddin Rabbimovga köra, uruşning uçta istiqboli bor: uruşni muzlatiş (Kiyev bunga rozi emasligini bildirmoqda), Ukrainaning mağlubiyati (bosib olingan yerlar Rossiya nazoratida qoladi), Ukraina tomonidan Rossiya içkarisidagi muhim nuqtalarga Ğarb qurollari bilan zarbalar beriş orqali uruşni davom ettiriş.

“Hozir Bayden ikkita tanlov oldida turibdi. Demokratlarning asosiy motivi – Kamala Harrisning saylovda ğalaba qozonişi. Agar Amerika jamiyati Ukrainadagi uruş borgan sari kuçayadi deb hisoblasa, Donald Trampga ovoz berişi mumkin. Ikkinçi tomondan, Ukraina uruşi – Baydenning tarixiy merosi. U hokimiyatdan ketişdan oldin Ukrainaga yordam berişga moyil böladi. Bayden mana şu dilemma oldida turibdi”, – deydi u.