Rasmiylar va sinoptiklar öz yölidagi barçaga halokatli xavf tuğdirayotganini aytayotgan «Helen» töfoni jumaga ötar keçasi Meksika körfazidan çiqib, Amerikaning Florida ştatiga yetib keldi.
Quruqlikka çiqişi arafasida «Helen» keskin kuçaygan: Amerikadagi Dovullarni örganiş böyiça milliy markaz uning toifasini törtinçi darajaga — «favqulodda xavfli töfon» darajasigaça kötargan.
Floridadagi köplab okruglar va aholi yaşaş manzillarini dovul sohilga çiqişidan oldinroq suv bosdi hamda elektr va aloqa uzildi.
Florida gubernatori Ron Desantis mahalliy vaqt bilan tunda ötkazilgan matbuot anjumanida hozirça faqat bir qurbon haqida ma’lumot borligini aytdi — bu ölim Tampa şahri hududida röy bergan. Şu bilan birga, dovulning «közi» Tampadan 150 kilometr ğarbroqdan ötgan.

Desantis dovul markazida şamol juda kuçli ekani va bu odamlar uçun tornadoniki kabi xavfli ekanini aytgan.
«Floridaliklar tongda uyğonganida, katta ehtimol bilan yangi qurbonlar haqida xabar topişadi. Va şunisi aniqki — moddiy yöqotişlar haqida ham», — degan gubernator Desantis.
Meteorologlar «Helen» quruqlikka çiqqanidan keyin doimiy şamol tezligi soatiga 215 kilometrga çiqişini prognoz qilişgan. Yevropa uçun xos bölgan Bofort şkalasiga köra bundan ikki barobar «kuçsizroq» — 117 km/s tezlikdagi şamolni ham dovul deb ataşadi.
Sinoptiklar va mahalliy rasmiylar ogohlantirganidek, okean sohilida suv sathi ayrim joylarda olti metrgaça kötarilişi mumkin, mamlakatning köplab hududlari kuçli yomğir tufayli suv ostida qoladi.
Dovullarni örganiş böyiça milliy markaz direktori örinbosari Jyeymi Roum CNN telekompaniyasi efirida «Helen» quruqlik içkarisida bemisl suv toşqinlari keltirib çiqarişi va katta ehtimol bilan köpçilikni hayotdan olib ketişi mumkinligini aytgan.
«Tarixiy nuqtayi nazardan ölim holatlarining 50 foizi aynan şunday vaziyatlarda sodir bölgan. Bunday suv toşqinlari odatda köplab qurbonlarga sabab böladi», — degan Roum.










