AQŞ prezidentligiga nomzod Donald Tramp 26 sentabr, payşanba kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan Nyu-Yorkdagi Trump Tower osmonöpar binosida uçraşişini aytdi. Trampning sözlariga köra, uçraşuv AQŞning Şarqiy qirğoq vaqti bilan 09.45 (Toşkent vaqti bilan 18.45) ga möljallangan. Zelenskiyning özi va uning jamoasi bu ma’lumotni hali tasdiqlaganiça yöq.

Şu bilan birga, Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi blogida Ukrainaning AQŞdagi elçisi örinbosaridan olingani aytilayotgan xatni joylaştirdi. Unda Volodimir Zelenskiy nomidan «bir-birimizni 100 foiz tuşuniş» uçun şaxsan uçraşiş söraladi. Boşqa manbalardan bu maktubning haqiqiyligi ham tasdiqlanmagan.

OAVning yozişiça, Tramp Zelenskiy bilan uçraşişdan oldin Britaniya boş vaziri Kir Starmer bilan uçraşmoqçi.

Ayni paytda Volodimir Zelenskiy AQŞga taşrifini yana bir kunga uzaytirdi. Bu haqda «Amerika ovozi»ning Oq uydagi muxbiri Yuliya Yarmolenko X ijtimoiy tarmoğida delegatsiyadagi manbalarga tayanib xabar berdi. Hozirça Zelenskiy va Trampning ehtimoliy uçraşuvi haqida ma’lumot yöq, deya qöşimça qildi u.

Zelenskiy Vaşingtonda Bayden va Harris bilan uçraşdi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 26 sentabr kuni Oq uyda amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan uçraşdi. Yanvar oyida vakolat muddati tugaydigan Bayden Zelenskiyga Qöşma Ştatlar Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etişiga işontirdi. Bundan taşqari, u Qöşma Ştatlar Kiyevga yangi harbiy yordam paketini ajratişini ma’lum qildi, uning hajmi 2,4 milliard dollarni taşkil qiladi. «Oçiğini aytsam: Rossiya uruşda ğalaba qozonmaydi. Ukraina ğalaba qozonadi va biz sizning yoningizda turişda davom etamiz», — dedi Amerika davlat rahbari.

Bundan taşqari, Zelenskiy Vaşingtonda AQŞ vitse-prezidenti, noyabr oyidagi prezidentlik saylovlarida Demokratik partiyadan nomzod Kamala Harris bilan uçraşdi. Harris, şuningdek, Ukraina prezidentini Vaşingtonning Kiyevni qöllab-quvvatlaşi qat’iy bölib qolişiga işontirdi. Bundan taşqari, u «Ukrainani suveren hududining muhim qismidan voz keçişga majburlamoqçi bölganlarni, Ukrainadan betaraflikni qabul qilişni talab qilayotganlarni» tanqid qildi. «Bu takliflar Putin tomonidan aytilganlarga öxşaydi va aniq aytaylik: bular tinçlik takliflari emas», — deya ta’kidladi AQŞ vitse-prezidenti. AP Harrisning sözlarini saylovdagi raqibi respublikaçi Donald Tramp taşabbuslarining bilvosita tanqidi deb baholadi.